Guruh peşqadamligi va final yöllanmasi uçun bahsda Eron Torimiyning het-trigi hamda Ozmunning dubli evaziga mezbon Qirğizistondan yirik hisobda ustun keldi. 

Natijada forslar 6 oçko bilan 1-örinni qölga kiritib, 20 kuni Toşkentdagi «Bunyodkor» stadionida ötadigan finalga yöl olişdi. Amir Galinoyi jamoasi turnir ğolibligi uçun A guruhi yetakçisi Özbekiston bilan töqnaş keladi. Xuddi şu kuni «Paxtakor» stadionida Qirğiziston A guruhida 2-poğonani egallagan jamoa (Tojikiston, Ummon yoki Turkmaniston) bilan bronza medali uçun öynaydi.

CAFA Nations Cup. V guruhi. 3-tur
Qirğiziston — Eron 1:5
16 iyun. Bişkek
Gollar: Murzayev (52) — Torimiy (34, 39 penalti, 56), Ozmun (66, 79).
Qirğiziston — Koçenkov, Abdurahmonov, Atabayev (Musabekov, 69), Brauzman (Kozubayev, 58), Jumaşev (Kojo, 58), Mamiraliyev, Murzayev (Batirkanov, 58), Aliqulov, Jirgalbek, Kiçin, Şukurov. 
Eron — Beyranvand, Asadiy (Ozmun, 46), Karimiy (Hojisafiy, 63), Jahonbaxş (Muhibiy, 53), Nurafkon, Puraliganjiy, Rizoyan, Torimiy (Amiriy, 75), Turobiy, Husayniy, Çaşmi.