Eron milliy jamoasi Turkiyaning Belek şahrida Nigeriya milliy jamoasiga qarşi ötkazilgan örtoqlik uçraşuvi oldidan aksiya ötkazişdi. Fors futbolçilari maydonga binafşarang va puşti aralaş oç qizil ryukzaklarni kötarib çiqişdi va milliy madhiya ijro etilayotganida ularni kötarib turişdi.
Bu orqali futbolçilar AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşining ilk kunida Minob şahridagi Şajarayi Toyyiba nomli qizlar maktabiga yöllangan zarba qurbonlarini yod etişdi. 28 fevral kuni uşbu maktabga raketa kelib tuşişi oqibatida 170 dan ortiq kişi halok bölgan, ularning aksari öquvçilar edi.
Eron futbol federatsiyasi vitse-prezidenti Muhammad Nabi bunday aksiya ötkaziş taşabbusi futbolçilarning özidan çiqqani, ular bu orqali qizlarning oila a’zolariga hamdardlik izhor etişni istaşganini qayd etgan.
AQŞ harbiylari maktabga xatolik tufayli zarba yöllagandi. Bu xatolik amaliyotda eskirgan razvedka ma’lumotlaridan foydalanilgani tufayli röy bergan. Ammo hozirça AQŞ tomoni buni rasman tan olmagan va faqat holat yuzasidan tekşiruv ötkazilayotganini ma’lum qiliş bilan çeklanmoqda.














