Afrika davlatlarining Ukrainadagi mojaroni hal qiliş böyiça taklifi 10 bandga asoslanadi, dedi Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Siril Ramafosa Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşuvda.
Uning ta’kidlaşiça, Afrika taşabbusi tinçlikka erişişga qaratilgan. Şu bilan birga, Ramafosaning fikriça, bu taklif boşqa tinçlik taşabbuslari bilan raqobatlaşmasligi kerak.
«Biz uşbu mojaro doirasida Rossiya va Ukraina örtasida tinçlikka erişişda vositaçi bölişga harakat qilmoqçimiz. Biz sizga 10 band taklif qilmoqçimiz», dedi u.
16 iyun kuni Afrika delegatsiyasi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uçraşuvda bir qator takliflarni berdi, dedi Siril Ramafosa.
«Biz unga siz [Putin] bilan uçraşuv ötkazişimizni va uruş böyiça sizning fikringizni ham tinglaşimizni aytdik. Siz bildirayotgan nuqtai nazarga hurmat bilan quloq tutmoqçimiz», dedi u.
Ramafosa sözlariga köra, Afrika tinçlik taşabbusi mualliflari boşqa ğoyalarni ham tan olişadi. «Bizning takliflarimiz ilgari surilgan boşqa takliflar bilan raqobatlaşmasligi kerak», dedi Janubiy Afrika prezidenti.
Avvalroq, Ukraina mojarosini tinçlik yöli bilan hal qiliş böyiça Turkiya, Braziliya va Xitoy taşabbus bildirgan edi. Keyinçalik, Vatikan ham bunday taşabbusni ilgari surdi. Indoneziya va Kamboja ham öz fikrlarini bildirdi. May oyi oxirida Kiyev, Moskva va bir qator Yevropa poytaxtlariga taşrif buyurgan Xitoy maxsus vakili Li Xuey hozirça harbiy harakatlarni töxtatiş uçun tomonlar pozitsiyalari bir-biridan juda uzoq ekanini tan oldi.












