Holand Çempionlar ligasidagi ğalabani qizğin nişnlagan jamoadoşlaridan farqli ölaroq — qat’iy rejimga amal qiladi va soğlom turmuş tarzi tarafdori. Şunday ekan, u boşlanğiç tarkibda maydonga çiqdi. APLning eng yaxşi töpurari birinçi bölimda maydon markazida raqib himoyaçilaridan qoçib ketib, darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqib borişi mumkin edi, ammo Hendri uni sariq kartoçka evaziga töxtatib qoldi.
Skandinavlarda 45 daqiqalikdagi yagona imkoniyat Serlotning boş bilan darvozabon turgan joyga zarba yöllaşi böldi. Norvegiyaning bir soatlik harakatlari samara keltirdi — Holandni jarima maydoni içida uşlab qolişdi va uning özi belgilangan penaltini aniq ijro etdi. Lekin bu gol mezbonlarni ruhlantirdi deyiş qiyin. Ular yöq joydan gol urişdi va yöq joydan gol ötkazişdi. Bu vaqtda zaxiraga olib bölingan Holand zaxira örindiğida şok holatida Estigor Dayksga gol sovğa qilişini tomoşa qilişga majbur böldi.
Norveglar öziga kelib ulgurmasidan Dayks jarima maydoni içidagi sarosimalikdan foydalanib, Maklinni zarba beriş nuqtasiga çiqardi.
Ispanlar Millatlar ligasi finaliga tayyorgarlik körayotganida Şotlandiya uç turda uç ğalaba evaziga guruhda yakkapeşqadam bölib olişdi. Norveglar esa uç öyinda atigi bir oçko olişdi va bu haqiqiy falokat. Skandinavlar Holand va Edegor, şuningdek «Napoli», «Roma», «Benfika», Dortmundning «Borussiya» va «Real Sosedad» klublarida öynovçi nomdor futbolçilari bilan ham öz salohiyatini yuzaga çiqara olmayapti.
Bu guruhda kunning ikkinçi öyini alohida qarama-qarşilik taqdim etdi — Gurjiston milliy jamoasining sobiq futbolçisi va sobiq murabbiyi Temuri Ketsbaya öz vatani jamoasiga qarşi. Bunday holatlarda hissiyotlar öyinga ma’lum darajada ta’sir qilib, bundan qöpol xatolar kelib çiqişi haqida gapiriş odat tusiga kirgan. Amalda ham mehmonlarning birinçi goli urilişida Gogiç maydon markazi orqali pas berişga urinib, Mikautadzega gol sovğa qildi. Şu bilan birga, mehmonlar jarima maydonida vaziyat keskin bölmagan holatda qöpollik işlatilib, hisob tenglaşdi.
Ikkinçi bölim boşida Kvaratsxeliyaning zarbasi darvoza ustuni yonginasidan ötib ketganida, Gurjiston bu öyinda alohida qiyinçiliksiz maqsadiga erişadigandek köringandi. Ammo buning örniga mehmonlar darvozasi tomonda xavfli vaziyatlar yuzaga kela boşladi. Ularni ikki bor darvoza tösini goldan saqlab qoldi. Yana bir safar — darvozabon. Va bu Villi Sanyol jamoasini uyğotdi. Ular taşabbusni öz qöliga oldi va mezbonlarni taslim etişdi, Davitaşvili uzoq burçakni aniq nişonga oldi.
E’tiborli jihati, ğalaba goli muallifi ham, unga assistentlik qilgan Lobjanidze ham öyinga zaxiradan qöşilgandi. Gurjiston bu turda tanaffus qilgan Ispaniyani ortda qoldirgan holda ikkinçi öringa kötarildi, gurjilar sentabrda ispanlarni qabul qiladi. Undan oldinroq esa, şu haftada Xviça va uning jamoadoşlari Şotlandiya sinovidan ötadi.
20 iyun. Norvegiya — Kipr, Şotlandiya — Gurjiston.
Domeniko Tedesko va Ralf Rangnik örtasidagi qarama-qarşilikda maydonda vaqti-vaqti bilan tuşunarsiz holatlar sodir bölib turdi. Masalan, Belgiyaning yangi yulduziga aylangan Lukebakio hayratlanarli darajada osonlik bilan himoyaçilar safidan ötdi, ammo oson vaziyatda turib asosiy işni qila olmadi — töpni darvoza sohasiga töğri tepmadi. Öz navbatida «qizil iblislar» ahmoqona gol ötkazib yuborişdi. Kurtua Gregoriçning zarbasini maşğulotlar vaqtidagi kabi osonlik bilan egallab olişga tayyorlanayotgandi, ammo uning yonida turgan Mangalya negadir töpga oyoğini qöydi va zarba trayektoriyasini keskin özgartirdi.
Yangi murabbiylar ştabi kelganidan keyin yana oldingidek öynay boşlagan Lukaku ikkinçi bölimda jamoani qutqardi. Şvetsiyaga qarşi het-trik, Germaniya bilan örtoqlik uçraşuvidagi gol, endi — yana bir muvaffaqiyat. Lukaku qatorasiga ikki bor uzoq masofadan zarba yölladi va ikkinçisi pastki burçakka aniq borib tuşdi. Romelu Azarning oqşomi buzilişini istamadi, uşbu faxriy futbolçi tanaffus vaqtida muxlislar bilan xayrlaşiş uçun tribunalar oldidan ötdi.
Ammo belgiyaliklar Tedesko boşqaruvida ilk bor oçko yöqotişdi, arbitr tomonidan qöşib berilgan daqiqalar davomida mehmonlarni darvoza tösini goldan saqlab qoldi. Safardagi durang Avstriyani töla qanoatlantiradi, jamoa guruh peşqadamligini saqlab qoldi. Şunday ekan, Alaba milliy jamoa safidagi 100-öyinida ajoyib sovğa oldi deyiş mumkin.
Kriştianu Ronaldu Saudiya Arabistonida kutilganidek çiqmagan mavsumidan keyin milliy jamoa safida özini körsatişni juda istadi, ammo uning goli ofsayd tufayli bekor qilindi. Lekin sardor golli kombinatsiyada iştirok etdi, hujum yakunida Brunu Fernandeş bosniyaliklar mudofaasini bitta kesib ötuvçi pas bilan doğda qoldirdi, Bernardu Silva esa nozik harakat bilan töpni darvozabon ustidan oşirib taşlab, Yevro-2024 saralaşida qatorasiga uçinçi öyinda gol urdi.
Djyeko undan saboq olsa arziydi, u hisob 0:0 bölib turgan mahalda ideal pozitsiyada turib töpni yuqoriga qarata tepgandi.
Butun Portugaliya hujumda juda samarali harakat qildi. Şunçalikki, Ruben Neveşning uzatmasidan keyin Fernandeş «ikkinçi qavat»dan öziga xos bölmagan gol urdi. Faqat Diogu Jota umumiy darajadan pastroq harakat qildi, u Ronalduning uzatmasini yöqqa çiqardi va bir neça metr masofadan turib töpni darvozaga kirita olmadi. Kriştianuning özi esa maydonga çiqib tuşgan fanat quçoğiga tuşdi, uning jussasi kumirinikidan ança kiçik bölsa-da, uni quçib kötara oldi.
Bu vaziyat translatsiyaga tuşmadi, ammo stadion muxlisni olqişladi, sardor esa unga tabassum hadya etdi. Portugaliya Roberto Martines boşqaruvida Yevro saralaşida uç öyinda uç ğalabaga erişdi (töplar nisbati 13:0) va bu turda Islandiyani mağlub etib, ikkinçi öringa kötarilgan Slovakiyani ikki oçkoga ortda qoldirmoqda.