Çimyon toğiga çiqib, tösatdan soğliği yomonlaşgan fuqaroga FVV xodimlari tomonidan yordam berildi.
17 iyun kuni soat 11:30 da Toşkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga Böstonliq tumanidagi Katta Çimyon toğiga sayr qiliş maqsadida borgan 3 nafar fuqarodan birining kutilmaganda soğliği yomonlaşgani va ularga zudlik bilan yordam zarurligi haqida xabar kelib tuşgan.
Xabarga asosan, Çimyon yonğin-qutqaruv otryadining bir guruh qutqaruvçilari aytilgan manzilga yetib borib, qidiruv-qutqaruv işlarini olib borgan.
Qutqaruvçilarning sa’y-harakatlari natijasida soğliği yomonlaşgan fuqaro Katta Çimyon toğining dengiz sathidan 1800 metr balandligidan maxsus qutqaruv anjomlari yordamida pastga soğ-salomat olib tuşilgan va tez tibbiy yordam xodimlariga topşirilgan.

















