Eron bilan transport sohasida hamkorlikni rivojlantiriş böyiça kelişuvlarga erişildi.

Joriy yiling 18 iyun kuni Özbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Eron yöl va şaharsozlik vaziri Mehrdod Bazrpoş bilan uçraşdi.

Uçraşuvda tomonlar transport sohasidagi özaro manfaatli hamkorlikni kuçaytiriş, transport koridorlarini rivojlantiriş, uşbu yönalişda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş bilan boğliq jihatlarni muhokama etdi.

Tomonlar «Özbekiston – Turkmaniston – Eron» uç tomonlama multimodal transport koridorini rivojlantiriş va foydalaniş böyiça özbek tomonidan taqdim qilingan bitimni tez orada kelişiş, avtomobil transportida yuk taşuvlari jarayonida Eron tomonidan özbek milliy taşuvçilaridan undirilayotgan yiğimlarni paritet asosida kamaytiriş, yoqilği soliği yiğimlarini ham boşqa davlatlarniki bilan tenglaştiriş böyiça kelişuvga erişdi.

Şuningdek, tomonlar mamlakatlar örtasida savdo-sotiq munosabatlarini yanada rivojlantiriş, yuk taşuvlari hajmini keskin oşiriş maqsadida Eron – Özbekiston logistika markazini barpo etiş, qolaversa, Eron hududida joylaşgan Çobahor va Bandar-Abbos portlari hududida özbek tadbirkorlari iştirokida terminallar va omborlar quriş xususida kelişib oldi.