Dam oliş kunlari Özbekiston hududi böyiça juda issiq ob-havo kuzatildi. Havo harorati kunduz kunlari +39...+41 darajaga, janubda ba’zi joylarda +43...+45 darajaga yetdi.
“Özgidromet” xabariga köra, bugun kunduzi respublika böyiça yoğingarçilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyati çöl hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Bugun havo harorati +36...+41 daraja, Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda +42...+45 daraja atrofida böladi.
Kavkaz hududlaridan nisbatan biroz salqin havo kirib kelişi hisobiga ertangi kundan issiq biroz pasayadi. Havo harorati iş haftasi oxirigaça +33...+38 daraja atrofida böladi. Respublika eng çekka janubida issiq havo massasi ta’siri saqlanib turadi. Harorat asosan +39...+41 daraja, Surxondaryo viloyatida hafta örtasiga borib, ba’zi joylarda +42...+44 darajagaça böladi.
20 iyunda Farğona vodiysi viloyatlarida, şuningdek keçasi va ertalab Toşkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin.
Hafta birinçi yarmida ob–havoning beqarorligi respublika toğoldi va toğli hududlarida saqlanib turadi – ba’zi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomğirlar yoğadi. Bugun kun ikkinçi yarmida va ertaga ba’zi joylarda kuçli yomğir yoğadi, döl yoğişi ehtimoldan xoli emas.
Bugun va ertaga respublika böyiça ba’zi joylarda, 23 iyunda janubda va çöl hududlarda şamol kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözon bilan kuzatilişi kutilmoqda.
Poytaxtda havo biroz bulutli böladi, vaqti-vaqti bilan özgarib turadi, yoğingarçilik kutilmaydi, faqat keçasi va ertalab 20 iyunda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Şamol şarqiy yönalişda esadi, faqat bugun kun ikkinçi yarmida şamol tezligi 12-17 m/s gaça kuçayişi, ba’zi joylarda çang-tözon bilan kuzatilişi mumkin. Havo harorati 19 iyunda +38...+40 daraja, keyinçalik iş haftasi oxirigaça +35...+37 daraja böladi.












