Keça, 18 iyun A-373 avtomobil yölining Qamçiq dovoni qismi 266,4-kilometrida yöl-transport hodisasi sodir böldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga köra, Toşkent-Vodiy yönalişida harakatlangan yuk avtomobili haydovçisi boşqaruvni yöqotişi natijasida yuk avtomobili yöl çetidagi xandaqqa tuşib, yonboşlab qolgan.
Zudlik bilan voqea joyiga «Qamçiq» maxsus qidiruv, yonğin-qutqaruv boşqarmasi qutqaruvçilari hamda YPX xodimlari yetib borgan va avtomobilda yuzaga kelişi mumkin bölgan yonğinning oldi olinib, haydovçi va uning yölovçisi hayoti saqlab qolingan.
Şundan söng, ularga birinçi tibbiy yordam körsatilib, tez tibbiy yordam avtomaşinasida Pop tumani şifoxonasiga olib ketilgan.

















