Bolasini xususiy maktabga bergan ota-onalarga kompensatsiya puli beriladi
Xususiy maktablarga 1-sinfga borgan bolaning ota-onasiga bir yil davomida maktab uchun oylik to‘lovining 450 ming so‘mi kompensatsiya qilib beriladi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xususiy maktablardagi o‘quvchi o‘rinlari hozirgi 85 mingtadan 2030 yilgacha kamida 400 mingtaga yetkaziladi.

Xususiy maktablardan birida / Arxiv foto: Prezident matbuot xizmati
Maktab infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilib, unga har yili 1 milliard dollardan mablag‘ ajratiladi. Joriy yilda boshlanadigan “Yiliga 500 ming o‘quvchi o‘rni” dasturi doirasida 2030 yilga qadar yangi maktablar barpo etish va bor quvvatlarni oshirish hisobiga, qo‘shimcha 2,5 million o‘quvchi o‘rni yaratiladi.
Bu haqda ma’lum qilgan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning aytishicha, yangi tashkil etiladigan jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 170 ta yangi maktablar qurilib, 3 ming 210 tasi rekonstruksiya qilinadi.
Mirziyoyev Buxorodagi uchrashuvda xususiy ta’limni rivojlantirishga oid rejalar haqida ham ma’lumot berdi.
“Xususiy maktablarga 1-sinfga borgan bolaning ota-onasiga bir yil davomida maktab uchun oylik to‘lovining 450 ming so‘mi kompensatsiya qilib beriladi. Tadbirkorlarga xususiy maktab tashkil etish uchun olinadigan kreditning 14 foizdan ortgan qismi qoplab beriladi”, dedi u.
Xususiy maktablarda muallimlar uchun talablar davlat maktablari bilan bir xil bo‘ladi. Shu orqali maktablarda o‘quvchilar soni 35 nafardan ko‘p bo‘lgan birorta sinf qolmaydi (hozir 37 mingta bunday sinf bor), deya ma’lum qildi prezident.
“Umuman, hozirgi vaqtda xususiy maktablarda mavjud 85 ming o‘quvchi o‘rnini 2030 yilga qadar kamida 400 mingtaga yetkazish bo‘yicha barcha sharoitlarni yaratib beramiz. Jumladan, yuqori sinfda aniq va tabiiy fanlar hamda chet tillarini chuqurroq o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi. Kelgusi 7 yilda barcha maktablarga “til egalari” bo‘lgan o‘qituvchilarni olib kelamiz. Buning uchun har yili 200 milliard so‘m ajratiladi”, dedi nomzod.
Tavsiya etamiz
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi
Iqtisodiyot | 17:09 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentning Qorasaroy ko‘chasida tunnel qurilishi boshlandi
O‘zbekiston | 14:09
-
O‘zbekistonlik haydovchilar Rostov-Dondagi bo‘sh ish o‘rinlariga jalb qilinadi
O‘zbekiston | 13:52
-
Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi quriladi
Iqtisodiyot | 13:26
-
Britaniya O‘zbekistonda ta’lim sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi
O‘zbekiston | 13:17
Mavzuga oid

13:17
Britaniya O‘zbekistonda ta’lim sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi

20:50 / 25.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi

20:38 / 20.03.2025
Tramp ta’lim vazirligini yopmoqda: demokratlar sudga ariza topshirdi

20:49 / 15.03.2025