Gibraltarga qarşi safarda özini ortiqça zöriqtirmagan fransuzlar nisbatan kuçliroq raqibga qarşi öyin uçun kuçlarni tejagandi. Ammo bu ham, tarkibdagi rotatsiya ham, hujum markazida Jiru örniga unga qaraganda mobil harakatlanuvçi Kolo Muani tuşirilişi ham «Uçranglilar»ning vazifasini osonlaştirib bermadi. Jahon vitse-çempionlari bu öyinda oçko yöqotişi ham mumkin edi, ammo ularga Mavropanos özi istamagan holda yordam berib yubordi.
Avvaliga gretsiyalik himoyaçi oyoğini ehtiyotsizlik bilan kötarib, Grizmanning boşini qonatib yubordi. Keyin — Vlaxodimos bu fol uçun belgilangan penaltini qaytarganida — Mbappe ikkinçi urinişda zarba beriş imkoniga ega böldi, çunki birinçi urinişda u töpga zarba berişidan oldin Mavropanos jarima maydoni içiga kirib ketgandi. Natijada fransuzlar jamoasining yoş sardori mavsumdagi 54-golini urdi va Jyust Fontenning abadiy qoladigandek köringan milliy rekordini yangilay oldi.
Omadsiz grek himoyaçisining personal «benefisi» darvozabon bilan birga-bir vaziyatga çiqib borişi mumkin bölgan Kolo Muanini yiqitgani uçun maydondan çetlatilişi bilan yakunlandi. Aytiş mumkinki, Mavropanos va VAR maşhur arbitr Antonio Mateu Laosning hakamlik faoliyatini uzaytirib berişdi. Ispaniyalik hakam özining sönggi öyinida ikkinçi bölimga roppa-rosa 14 daqiqa qöşdi.
Angliya — odatdagi kabi saralaş turnirida işonç bilan yetakçilik qilmoqda. Keynning har bir goli esa — uni milliy jamoa darajasida eng sermahsul futbolçilar poygasida bir poğona yuqori kötarmoqda. Juma kuni Harri Romario va yaponiyalik afsonaviy futbolçi Miuruni ortda qoldirgandi, duşanba kuni esa «Uç şerlar» liboasidagi 57-goli bilan EtöO va Batistutani ortda qoldirdi.
Garet Sautgeyt şogirdlari makedoniyaliklarni «Old Trafford»da qabul qilgani voqealar rivojiga özgaça şukuh berdi. «MYu» muxlislari Keynni şu stadionda muntazam körişni xayol qila boşlaşgan. Qolaversa, töpurar futbolçi «qizil iblislar»ning milliy jamoadagi vakillari Şou va Reşford bilan yaxşi boğlam hosil qilib, uçinçi golli kombinatsiyada muhim rolni öynadi.
Lekin Mançesterdagi oqşomning asosiy qahramoni Saka böldi, u professional faoliyatidagi ilk het-trigini amalga oşiriş bilan «Arsenal» futbolçilarining terma jamoada urgan gollari sonini 100 taga yetkazib qöydi. «Kanonirlar» bu natijani «Tottenhem» (261), «MYu» (258), «Liverpul» (156), «Çelsi» (136) va «Everton»dan (102) keyin zabt etişdi. Angliya esa yuz foizlik natija bilan guruhda birinçi örinda bormoqda, iyundagi ikki öyinda ham ğalaba qozongan va ikkinçi örinda joylaşgan Ukraina olti oçkoga ortda qolmoqda.
Ukraina – Malta 1:0
Gol: 1:0 – 72, penalti Tsigankov.
9 sentabr. Ukraina — Islandiya, Şimoliy Makedoniya — Italiya.
Bunday öyinlarda, oson ğalaba qozoniş kutilganda jamoa öyini öxşayvermaydi. Şunday ekan, Armaniston bebaho tajriba va psixologik zaryadga ega böldi. Buni töp qölga tekkani uçun qöyilgan penalti va «nuqta»dan Barsegyan ijrosidagi qaytarib bölmaydigan qilib yöllangan zarba ta’minladi. Albatta, Tiknizyanning navbatdagi yorqin öyinini qayd etiş kerak. Uç kun oldin uşbu futbolçi Uels bilan öyinda golli uzatma bergandi. Yangi hafta esa Nair uçun jarima maydoni markazida töpga bir teginiş bilan urilgan gol bilan boşlandi — bu uning milliy jamoadagi ilk goli böldi. Latviya uçun esa iyun oyi juda dahşatli keçmoqda — Boltiq böyi jamoasi ikki bor qöşimça daqiqalarda hal qiluvçi golni ötkazib yuborişdi.
Yozdagi ikkinçi öyinda ham qiyinçilik bilan ğalaba qozongan Turkiya guruhda yetakçilik qilmoqda. Britaniyaliklarga qarşi öyinning birinçi bölimida son jihatdan ustunlikka erişgan mezbonlar öyin oxirlariga kelib maqsadiga erişdi. Undan oldinroq esa Hoqon Çalxonöğli penaltini aniq ijro etolmadi, Umut Nayirning goli esa hujum vaqtida töp qöl bilan öynalgani uçun bekor qilindi Ammo uning ikkinçi aniq zarbasi hisobga olindi, uning ortidan turklar jamoasining navbatdagi vunderkindi Arda Guler 18 yoşu 114 kunligida jamoaning turnir öyinlarida gol urgan eng yoş ikkinçi futbolçisiga aylandi.
Qozoğiston milliy jamoasi tarix yaratişda davom etmoqda. Safarda Şimoliy Irlandiya ustidan ğalaba qozongan qozoqlarda 2024 yilgi Yevropa çempionatida iştirok etiş uçun yaxşi imkoniyat hosil bölgan.
Belfastdagi «Uindzor Park» stadionida keçgan öyin teng kuraşlar ostida keçdi. Öyin durang hisobda yakunlanişi mantiqiy edi. Ammo qozoğistonliklar forvardi Abat Aymbetov bunga qarşi edi. 81-daqiqada maydonga çiqqan futbolçi yetti daqiqa ötib maydonning öz jamoasi darvozasi joylaşgan qismida töpni egallab oldinga yurdi va töp bilan 60 metr masofaga harakatlanib, yölda uç raqibni aldab ötdi. Aymbetov jarima maydoniga kirib borib, Beyli Pikok-Farrelni ham doğda qoldirdi. 1:0 – va Qozoğiston safardan uç oçko bilan qaytadi.
Qozoğistonliklar tört turdan keyin töqqiz oçko jamğargan holda N guruhida ikkinçi örinda bormoqda. Guruh peşqadami – Finlandiyada ham şunça oçko bor, ammo finnlar qöşimça körsatkiçlar böyiça oldinda joylaşgan. Keyingi örinlarda 7 tadan oçkoga ega Daniya va Sloveniya kelmoqda.
Qozoğistonliklar sentabr oyidagi ikki öyinni ham öz maydonida ötkazadi. Avvaliga Finlandiya qabul qilinadi (7 sentabr), keyin – Şimoliy Irlandiya (10 sentabr) mehmonga keladi. Bu öyinlar jamoaning Yevro-2024 yöllanmasi yölidagi hal qiluvçi öyinlar böladi.
Tört turda olti gol urib, saralaş turnirida eng yaxşi töpurar bölib olgan Heylunddek hujumçiga ega Daniya esa Sloveniya bilan öyindagi durangdan keyin uçinçi öringa tuşib ketdi. Bu öyinda ikki jamoaga ham omad kulib boqmadi. Avvaliga Eriksenning zarbasi darvoza ustuniga tekkandi, keyinroq Mlakarning zarbasidan keyin tösin daniyaliklar darvozasini goldan saqlab qoldi.