Blinkenning aytişiça, Xitoyga tomonlar qaysi masalada hamfikr, qaysi borada fikrlar xilma-xil ekanini aniqlaştirib oliş uçun borgan va bu vazifa uddalangan. Blinken ikki davlat örtasidagi muloqot doimiy bölişi kerakligini ta’kidladi.

AQŞ davlat kotibi taşrif davomida Xitoy tomoni bilan global muammolar böyiça «faol muloqot ötkazgani», xususan, «Rossiyaning Ukrainaga qarşi olib borayotgan agressiv uruşi»ni muhokama qilganini aytdi. U avval köp marta ta’kidlagani kabi Xitoy bilan raqobat mojaroga aylanib ketmasligi kerakligini takrorladi.

Blinkenning sözlariga köra, AQŞ Xitoyning Ukrainadagi uruşni töxtatişga BMT nizomlari doirasida amalga oşiradigan taşabbuslarini qöllab-quvvatlaydi. AQŞ davlat kotibi Qora dengizdagi ğalla kelişuvini uzoq muddatga çözişni ham taklif qildi.

Blinkenning brifingda aytgan eng muhim gapi baribir Ukrainadagi uruş mavzusida böldi. Uning sözlariga köra, Xitoy Ukraianaga bosqinni davom ettirayotgan Rossiyaga ölim keltiruvçi qurollar yetkazib bermaslikni va’da qilgan. «Bu juda muhim va’da bölib, Xitoyda u haqda oxirgi vaqtlarda köp gapirişmoqda. Xitoy bu majburiyatlarini nafaqat Vaşington, balki boşqa davlatlar oldida ham ta’kidlamoqda», dedi Blinken. Uning aytişiça, Xitoy Rossiyaga qurol yetkazib bermayotgani haqiqat va AQŞda bu faktni inkor etadigan heç qanday dalil yöq.

Foto: EPA

Ammo Blinken amerikaliklar hamon Xitoy kompaniyalarining harakatidan xavotirda ekanini yaşirmadi va Xitoy tomonini bu borada sergaklikka çaqirdi. AQŞ davlat kotibining aytişiça, Xitoy kompaniyalari yetkazib beradigan mahsulotlar orqali Rossiya Ukrainadagi harbiy qudratini yaxşilab olişi mumkin.

Blinken AQŞning «Yagona Xitoy» siyosati borasidagi uzoq yillik qaraşlari özgarmagani, AQŞ hamon Tayvan mustaqilligini tan olmasligini eslatdi. «AQŞ Tayvan mustaqilligini qöllamaydi», dedi Blinken. Öz navbatida, mamlakat status-kvo özgarişsiz qolişi kerak deb hisoblaşini aytdi. AQŞ hududda faqat bitta – Xitoy hukumati mavjud ekanini tan oladi, ammo ikkita siyosiy tizim tinç-totuv yaşaşini istaydi.

Blinken Xitoy raisi Si Jinping bilan uçraşuvda mamlakat harbiy kemalarining Tayvan böğozidagi provokatsion harakatlari Amerikada xavotir uyğotayotganini ham aytgan. Blinken Tayvan atrofidagi keskinlik butun dunyoga ta’sir qiladigan iqtisodiy inqiroz keltirib çiqarişi mumkinligini ta’kidlagan.

Diplomat Si Jinpingni AQŞ Xitoyning iqtisodiy rivojlanişini çeklaşga urinmayotganiga işontirişga harakat qilgan. «Bu qaraşni faktlarning özi inkor qiladi», degan Blinken bunga misol sifatida özaro savdo aylanmasi oşganini keltirar ekan.