Finalda mezbon Özbekiston Eronga qarşi maydonga tuşib, minimal hisobda yutqazdi. Sardor Ozmunning ikkinçi bölim boşida urgan yagona goli forslarga çempionlik taqdim etdi. 

Boş murabbiy Sreçko Katanetssiz (soğliğidagi muammo sabab davolanişga ketgan) qolgan Özbekistonda ham qulay imkoniyatgar yuzaga keldi. Ammo Eldor Şomurodov va Oston Örunov vaziyatlardan foydalana olişmadi. Natijada Eron 6-bor (7 öyinda) Toşkentda yutib ketdi. 

Forslar oltin, «oq börilar» kumuş medalga sazovor bölişdi. Bronza medali Qirğizistonni mağlub etgan Ummonga nasib etdi.

CAFA Nations Cup. Final. 
Özbekiston — Eron 0:1
«Bunyodkor» stadioni, 20 iyun
Gol: Ozmun (48). 
Özbekiston — Ötkir Yusupov,. Hojiakbar Alijonov (Jasur Yaxşiboyev, 90+4), Farrux Sayfiyev, Otabek Şukurov, Odil Hamrobekov, Jaloliddin Maşaripov (Abbos Fayzullayev, 71), Oston Örunov, Şerzod Nasrullayev (Hojimat Erkinov, 78), Eldor Şomurodov, Umar Eşmurodov, Abdulla Abdullayev.
Eron — Alirizo Beyranvand (Said Niyozmand, 11), Ehson Hoji Safiy, Said Izzatullohiy, Murtazo Puraliganjiy, Mahdi Torimiy, Muhammad Kanoniy, Rözbeh Çaşmiy, Mahdi Gayediy (Vohid Amiriy, 46), Muhammad Muhabbi, Sardor Ozmun (Said Karimiy 75, Majid Husayniy 90+5), Ramin Rizoyan. 
Ogohlantirişlar: Hamrobekov (39), Torimiy (42), Kanoniy (66), Şukurov (90+3), Eşmurodov (90+3). 
Çetlatiş: Kanoniy (90+1). 

35 mingga yaqin muxlis qarşisida, qaynoq haroratda ötgan bellaşuvdan olingan fotosuratlarni tomoşa qilişingiz mumkin.