Okeanda «Titanik» tomon suzgan suvosti kemasi yöqolib qoldi. Uning bortida milliarderlar bor edi
|15:51 / 21.06.202357 94611 min
18 iyun kuni Şimoliy Atlantika okeanida bortida uç sayyoh va ekipajning ikki a’zosi bölgan «Titan» batiskafi (suvosti kemasi) ğoyib böldi. Hozirda çökib ketgan «Titanik» kemasi qoldiqlarini örganiş uçun yölga çiqqan bu suvosti kemasini qidiriş işlari olib borilmoqda.
Foto: ABACAPRESS / ddp images / Vida PressFoto: ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Polar Prince tadqiqot kemasi suvosti kemasi bilan aloqani u suvga şönğiganidan 1 soat-u, 45 daqiqa ötgaç yöqotgan.
«19 iyun kuni Grinviç böyiça soat 21:00 holatiga köra (Toşkent vaqti bilan tungi soat 01:00) suvosti kemasida 70 soatdan 96 soatgaça yetadigan zaxira kislorodi mavjud bölgan», deya xabar beradi AQŞ Qirğoq xavfsizlik xizmati.
Yöqolib qolgan kemaga egalik qiluvçi OceanGate kompaniyasi ekipajni xavfsiz ortga qaytariş uçun barça imkoniyatlarni örganayotganini ma’lum qildi.
Qutqaruv operatsiyasiga davlat idoralari ham qöşilgan.
Söngi yangiliklar
Polar Prince kemasi 18 iyun kuni ertalab, Atlantika okeanidagi «Titanik» kemasi halokatga uçragan joyga yetib bordi.
Juda çuqur masofalarga şönğuvçi suvosti kemasi bortida beş kişi bölgan. Qoidaga köra, bu haydovçi, uç sayyoh va gid. Hozirgaça uç kişining ismi aniqlangan: 59 yoşli britaniyalik tadbirkor va tadqiqotçi Hemiş Harding, pokistonlik biznesmen Şahzoda Dovud va uning öğli Sulaymon.
Harding Facebook’dagi postida mahalliy vaqt bilan soat 04:00 da şönğişni boşlamoqçi ekanliklarini yozgan.
Qidiruv operatsiyasiga rahbarlik qilayotgan Boston Qirğoq xavfsizlik xizmati öz tvitter sahifasida beş kişilik ekipaj bölgan suvosti kemasi 18 iyun kuni ertalab şönğigani va kema şönğigandan taxminan bir soat-u 45 daqiqa ötgaç, Polar Prince ular bilan aloqani yöqotgani haqida xabar berdi.
Taxminlarga köra, «Titan» suvosti kemasi bu vaqtda Keyp-Kod qirğoqlaridan taxminan 1450 km uzoqlikda bölgan.
19 iyun kuni AQŞ Qirğoq xavfsizligi xizmati kontradmirali Jon Moger bunday olis hududda ğoyib bölgan suvosti kemasini topiş nihoyatda qiyin iş ekanini aytdi.
Uning sözlariga köra, qutqaruvçilar «Titan»ni suv yuzasidan ham qidirmoqda, çunki suvosti kemasi suv yuzasiga çiqişga muvaffaq bölgan, biroq ona kemasi bilan aloqani yöqotgan bölişi mumkin. Şuningdek, «Titan»ni gidrolokatorlar yordamida suv ostidan ham axtarişmoqda.
Polar Prince ekspeditsiya kemasi. Foto: PA MEDIA/ACTION AVIATION
Qirğoq xavfsizlik xizmati batiskafni suv yuzasidan qidiriş uçun ikkita C-130 Hercules samolyotini yubordi. Ularga Kanadaning suvosti sonorlari bilan jihozlangan P-8 Poseidon va C-130 samolyotlari ham qöşildi.
Jon Moger, agar batiskaf suv ostidan topilsa, uni qutqariş uçun qöşimça mutaxassislar talab qilinişi va u AQŞ harbiy-dengiz kuçlari hamda uşbu sohaga ixtisoslaşgan xususiy kompaniyalardan yordam söraganini aytdi.
Kanada mudofaa vazirligi xabar berişiça, samolyotlar bilan birga Kanada Qirğoq xavfsizligi xizmatining Kopit Hopson kemasi ham qidiruv işlarida iştirok etmoqda.
Polar Prince kemasining egasi bölgan Horizon Maritime kompaniyasi BBC naşriga kema qidiruv işlariga yordam berayotganini tasdiqladi va qidiruv maydoniga ikkinçi kema — Horizon Arctic yuborilganini ma’lum qildi.
Kema bortida kimlar bor edi?
Harding birinçi marta 2022 yilning iyun oyida jamoaga qöşiliş niyatida ekanini e’lon qilgan va kema ekipajida bir neça afsonaviy tadqiqotçilar borligini aytgandi. Uning aytişiça, ulardan ba’zilari 1980-yillardan beri «Titanik»ka öttiz martadan köproq borgan.
Hemiş Harding instagramdagi sahifasida çökib ketgan «Titanik» tomon ekspeditsiyada iştirok etişdan ğurur his qilayotganini yozgan.
Foto: LOTUS EYES PHOTOGRAPHY
Harding Dubayda joylaşgan, biznes-jyetlar savdosi va operatsiyalari bilan şuğullanuvçi Action Aviation kompaniyasi rahbari.
18 iyun kuni uning firmasi tvitterda «Titan» şönğişni muvaffaqiyatli boşlagani haqida xabar berdi.
«Bizning öğlimiz Şahzoda Dovud va uning öğli Sulaymon Atlantika okeanida halokatga uçragan «Titanik» kemasini köriş uçun sayohatga otlandi. Ayni paytda ularning suvosti kemasi bilan aloqa uzilgan va ma’lumotlar çeklangan», deya bayonot bergan Şahzoda Dovud oilasi.
«Biz hamkasblarimiz va döstlarimiz tomonidan körsatilgan ğamxörlik uçun juda minnatdormiz va barçadan ularning xavfsizligi uçun ibodat qilişni söraymiz. Şu bilan birga, oilaga maxfiylikni saqlab qolişga imkon berişni ham sörab qolamiz», deyiladi oila bayonotida.
Dovud Pokistondagi eng boy oilalardan birining a’zosi va yerosti sivilizatsiyalarini izlaş böyiça SETI institutining işonçli vakili.
Hardingning Facebook’dagi postiga köra, şönğiş boşlanişidan oldin fransuz tadqiqotçisi Pol-Anri Narjole ham batiskaf bortida bölgan. OAV ma’lumotiga köra, jamoada suvosti sayohatini taşkil qilgan OceanGate boş direktori Stokton Ruş ham bor bölgan.
«Titan» u yerda nima qilayotgandi?
Şönğiş uçun suvosti kemalari işlab çiquvçi OceanGate kompaniyasi saytida, 2021 va 2022 yillarda «Titanik» qoldiqlariga uyuştirilgan muvaffaqiyatli ekspeditsiyalardan söng kompaniya har yili şu kabi sayohatlarni taşkil qilişni rejalaştirayotgani aytiladi.
12 şönğişdan iborat ekspeditsiyalardan biri 2023 yilning yoziga möljallangan edi.
Kompaniyaning tvitter sahifasida dastlabki bir neça tur qanday ötgani haqida postlar bor.
Kompaniya xususiy mijozlardan çökib ketgan afsonaviy laynerni köriş va sakkiz kunlik ekspeditsiyada qatnaşiş uçun 250 ming dollar oladi.
OceanGate bunday sayohatni «kundalik hayotdan taşqariga çiqiş va özing uçun haqiqatan ham ğayrioddiy bölgan qandaydir narsani kaşf qiliş imkoniyati» deb ataydi.
Xabarga köra, «Titanik»ka bir marta boriş va suv yuzasiga qaytib çiqiş uçun taxminan sakkiz soat vaqt ketadi.
«Titanik» Kanada şimoli-şarqidagi Nyufaundlend orolidan 600 km uzoqlikda, Atlantika okeanining 3800 metrlik tubida joylaşgan.
Nima röy bergan bölişi mumkin?
Çuqur dengiz transporti böyiça ekspert, Londondagi Universitet kolleji professori Alister Greyg BBC naşri bilan suhbatda voqealar rivojining bir neça variantlarini sanab ötgan.
Ulardan biriga köra, «Titan»da avariya yuz bergan va kema ballastni (kemaning töğri suzişi va barqarorligini ta’minlovçi maxsus yuk) taşlab, suv yuzasiga kötarilgan.
«Agar ta’minot quvvati yoki aloqa uzilişi sodir bölgan bölsa (bu yuz berişi mumkin) suvosti kemasi suv yuzasida uni topişlarini kutib suzib yuradi», deydi u.
Uning aytişiça, yana bir ssenariyga köra, suvosti kemasining korpusi şikastlangan va suv bilan töla boşlagan. «Bu holda prognoz unçalik yoqimli emas», degan Greyg.
Professor Greygning sözlariga köra, agar kema dengiz tubiga tuşgan bölsa va öz kuçi bilan suv yuzasiga kötarila olmasa, unda variantlar juda kam qoladi.
«Garçi suvosti kemasi hali butun bölsa ham, agar u 200 metrdan ortiq çuqurlikda bölsa, bunday çuqurlikka tuşa oladigan kemalar juda kam va ğavvoslar bunday tubga umuman tuşa olmaydi. Harbiy-dengiz kuçlarining suvosti kemalarini qutqarişga möljallangan apparatlari, şubhasiz, «Titanik»ka yaqin çuqurlikka tuşa olmaydi», deydi professor.
Çökib ketgan «Titanik» nafaqat olimlarni, balki sayyohlarni ham öziga jalb qiladi
2022 yili «Titanik» hujjatli filmini suratga olgan BBC Travel Show direktori Saymon Platsning sözlariga köra, OceanGate kompaniyasining boş direktori va asosçisi Stokton Ruş yölovçilar dengiz sayohati davomida «Titanik» qoldiqlarini köra olişiga heç qanday kafolat bermaydi va bu juda xavfli iş ekani haqida ogohlantiradi.
Platsning aytişiça, suvosti kemasi ba’zan işlamay qolişi mumkin bölgan innovatsion texnologiyalar yordamida boşqariladi.
«Menda ba’zida işlar notöğri ketişi mumkin degan taassurot paydo böldi. Ammo men suvosti kemasida bölganimda, falokat yuz berişi mumkinligiga heç qanday belgilar yöq edi», deydi Plats.
Avstraliyaning suvosti kemalarini qutqariş loyihasi sobiq direktori Frenk Ouenning BBC naşriga aytişiça, batiskafdagi odamlarning vazifasi xotirjamlikni saqlaş va kislorodni ortiqça sarflamaslikdir.
«Agar ular vahimaga tuşsa yoki juda köp harakat qilsa, kislorod zaxirasi tugaşi tezlaşadi», deya eslatdi u.
Uning sözlariga köra, ikkinçi muammo «Titan»ni qidirişdir. Uni suv yuzasida aniqlaş nisbatan oson, biroq suv ostida ança qiyin.
«Titan» haqida nimalar ma’lum?
«Titan» beş örinli suvosti kemasi bölib, 4000 metrgaça çuqurlikka tuşiş va uç uzel, taxminan 5,5 km/soat tezlikda harakatlaniş uçun möljallangan.
Ğavvoslarni çökib ketgan «Titanik»ka yetkazişdan taşqari, qurilma suv osti relyyefini örganiş va tekşiriş, tadqiqot ötkaziş va filmlarni suratga olişda ma’lumotlarni yiğiş uçun işlatiladi. Şuningdek, ular uçun uskunalar va dasturiy ta’minotning yangi namunalarini sinovdan ötkazadi.
OceanGate kompaniyasi vakillari sözlariga köra, «Titan» eng zamonaviy yoritiş va suv osti navigatsiya tizimlari, şuningdek, içki va taşqi 4K video va suratga oliş uskunalari bilan jihozlangan.
OceanGate saytida aytilişiça, beş kişilik suvosti kemasi real vaqt rejimida işlovçi korpus monitoringi tizimi bilan jihozlangan.
Suv osti sayohati paytida maxsus datçiklar korpusdagi bosim özgarişini kuzatib boradi va uning yaxlitligini baholaydi.
«Uşbu bort monitoring tizimi pilotga şönğişni töxtatiş va yer yuzasiga xavfsiz qaytiş uçun yetarli zaxira bilan erta ogohlantiriş beradi», deyiladi kompaniya xabarida.
CBS naşri 2022 yili öz muxbiri Devid Pogni OceanGate batiskafida çökib ketgan «Titanik»ni körişga jönatgan edi.
Pogning sözlariga köra, şönğişdan oldin u yuzaga kelişi mumkin bölgan oqibatlar uçun javobgarlikni öz zimmasiga oluvçi hujjatga imzo çekkan. Hujjatda, xususan, «Titan» davlat sertifikatiga ega bölmagan eksperimental kema bölib, unda şönğiş jarohat yoki ölimga olib kelişi mumkinligi aytilgan.
Keyin OceanGate boş direktori Stokton Ruş Pog uçun kema böylab ekskursiya uyuştirgan. Bu ekskursiya davomida kemada faqat bitta tugma borligi va boşqaruv videoöyin kontrolleri tomonidan amalga oşirilişi ayon bölgan.