Rossiyaning Volgograd şahrida özbekistonlik 3 nafar mehnat migrantining 160 ming rubl iş haqi olib berildi. Bu haqda Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Volgograd şahrida qişloq xöjaligi işlarida vaqtinça mehnat faoliyatini olib borayotgan 3 nafar özbekistonlik iş boşqaruvçi tomonidan pasportlari va iş haqlari olib qöyilgani hamda jismoniy kuç işlatilgani yuzasidan murojaat qilgan.
Vaziyatni tezkorlik bilan örganiş maqsadida Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining uşbu şahardagi vakili voqea joyiga yetib bordi.
Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili aralaşuvi bilan iş beruvçi korxona rahbari ularning pasportlarini va 160 ming rubl iş haqlarini qaytargan. Iş boşqaruvçining xatti-harakatlari esa huquq-tartibot organlari tomonidan örganilmoqda.
Özbekistonliklar vokzalga olib borib qöyilgan va Volgograd-Samarqand poyezdi uçun çiptalar olib berişga kömaklaşilgan.












