Ta’lim

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, kelgusi yetti yilda Navoiy viloyatidagi oilalarning maktabgaça ta’limga bölgan ehtiyoji hozirgi 82 foizdan 100 foizga töliq qoplanadi. Şu maqsadda viloyatdagi barça mahallalarda jami 310 ta davlat va xususiy boğçalar taşkil etiladi. Bunga barça manbalar hisobidan 1,5 trillion söm yönaltiriladi.

Bundan taşqari, 2030 yilga qadar yangi maktablar barpo etiş va mavjudlarining quvvatini oşiriş hisobiga, qöşimça 40 ming öquvçi örni yaratiladi. Natijada, viloyatda 30 nafardan köp bola ta’lim oladigan birorta sinf qolmaydi (hozirda bunday sinflar soni 1 ming 200 ta).

“Viloyatdagi barça maktablar zamonaviy kompyuter sinflari va öquv laboratoriyalari bilan ta’minlanadi. Navoiyning iqlimini hisobga olgan holda, barça boğça va maktablar filtrlangan içimlik suvi bilan töliq ta’minlanadi” dedi nomzod.

Uy-joy qurilişi

Şavkat Mirziyoyev öz nutqi davomida kelgusi yetti yilda aholining turmuş şaroitlarini yaxşilaşga oid rejalari bilan taniştirdi. Keltirilişiça:

  • viloyatda 30 ming oilaga möljallangan 350 ta köp qavatli uylar barpo etiladi;
  • 45 ming oila istiqomat qiladigan 1 ming 200 ta köp qavatli uylar ta’mirlanadi;
  • bu işlarni amalga oşiriş uçun barça manbalar hisobidan Navoiy viloyatining öziga 1 milliard dollar yönaltiriladi;
  • 3,5 ming kilometr içki yöllar, 60 dan ziyod köpriklar quriladi va ta’mirlanadi;
  • eskirgan 5 ming kilometr elektr tarmoqlari va 1 ming 200 ta transformator yangilanadi;
  • 1 ming kilometr suv tarmoqlari ötkazilişi natijasida 100 ming aholi ilk bor içimlik suvi bilan ta’minlanadi va suv ta’minoti darajasi 85 foizga yetadi.

Ekologiya

Navoiyda ekologik vaziyatni yaxşilaş maqsadida kelgusi yetti yilda 120 million tup daraxt ekiladi. Şu örinda: “Buyuk bobokalonimiz Navoiyga çeksiz hurmatimiz belgisi sifatida, viloyatning 5 ta tuman va şahrida “Xamsa”dagi dostonlar nomi bilan ataladigan beşta ekoboğ yaratsak, nima deysizlar?”, dedi nomzod.

Suv ta’minoti

Suv xöjaligidagi islohotlar uçun kelgusi yetti yilda Navoiyga 2,5 trillion söm yönaltiriladi. Suv ta’minoti eng oğir bölgan Qiziltepa, Xatirçi va Karmana tumanlarida 8 ming gektar maydonlar yopiq quvurli suğoriş tizimiga ötkaziladi. Bunga 150 milliard söm beriladi. Birgina şuning özida, suğorişga sarflanadigan 200 million kub metr suvning 40 foizi tejaladi.