Nodirjon Jonuzoqoviç Xolbötayev (Nodir Jonuzoq) Prezidentning yoşlar, fan, ta’lim, soğliqni saqlaş, madaniyat va sport masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari lavozimiga tayinlandi.
Şoir Nodir Jonuzoq 1976 yilda Samarqand viloyatining Bulunğur tumanida tuğilgan. Köp yillar «Yoşlik» jurnaliga boş muharrirlik qilgan.
U 2018 yil aprelida Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisining yoşlar bilan işlaş masalalari böyiça örinbosari bölgan, 2019 yil dekabrida uyuşma raisining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangan edi.
Öz navbatida Dilşod Mutaliboviç Kenjayev boşqa işga ötişi ötişi munosabati bilan Prezidentning yoşlar, fan, ta’lim, soğliqni saqlaş, madaniyat va sport masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari lavozimidan ozod etildi.

Dilşod Kenjayev muqaddam xalq ta’limi vaziri örinbosari bölib işlagan, 2021 yil fevralida prezident maslahatçisi Abdujabbor Abduvohidovning örinbosari lavozimiga tayinlangandi.
U endi prezident ta’lim muassasalari agentligi direktorining birinçi örinbosari etib tayinlangan.

















