Nodir Jonuzoq prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi
Nodirjon Xolbo‘tayev (Nodir Jonuzoq) Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
"Davlat boshqaruvi" kanalida e’lon qilingan xabarda aytilishicha, u boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ketgan.
Shoir Nodir Jonuzoq 1976 yilda Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan. Ko‘p yillar «Yoshlik» jurnaliga bosh muharrirlik qilgan.
U 2018 yil aprelida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan, 2019 yil dekabrida uyushma raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.
Nodir Jonuzoq shu yilning aprel oyi o‘rtalarida Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Mavzuga oid
10:29 / 21.06.2024
Abdulla Aripov yangi lavozimlarga tayinlangan nomzodlarni hukumat a’zolariga tanishtirdi
10:35 / 14.03.2024
Samaradorlik ko‘rsatkichi «qoniqarsiz» bo‘lgan mansabdorlarning lavozimga loyiqligi masalasi ko‘rib chiqiladi
08:47 / 14.02.2024
Ta’limni rivojlantirish markazi direktori lavozimidan ozod etildi
08:04 / 29.11.2023