Bayram şarafiga beş kunlik ta’til – dam oliş uçun qayerga uçamiz?

Köplab oilalar va sayyohlar musulmon olamidagi muhim voqea – Qurbon hayit bayramini beş kunlik nişonlaş oldidan dengiz böyiga parvoz qilişni va bu bayramni unutilmas tarzda ötkazişlarini reja qilişmoqda. Özbekiston milliy turoperatori  Asialuxe Travel eng qulay va yuqori darajada taşkillaştirilgan, töğridan töğri reyslarni yölga qöygan holda, yangi madaniyatlar va tarix bilan tanişiş, xoli bölgan holda yoki şirin oila davrasida dam olişni, köplab taassurotlarga boy bölgan ajoyib yönalişlarni maqsad qilgan sayohatçilarga quyidagi maskanlarni taqdim etadi.

Antaliya, Bodrum, Marmaris, Fethiye va Dalaman kurortlari sizga bayramona dam olişni kafolatlaydi!

 

Qurbon hayitini nişonlaş uçun maşhur yönalişlardan biri Turkiyaning eng taniqli kurortlari hisoblanadi. Ozoda plyajlar, dengizning tiniq suvlari va eng yaxşi mehmonxona xizmatlari, yer yuzidagi jannat ifodasini namoyon etgan haşamatli maskanlar, ziyoratçilarning har qanday istagini qondiriş uçun öz eşiklarini oçgan. Aynan şu imkoniyatlar har bir sayyohning ta’tilini çinakam noyob tarzda ötkaziş imkonini beradi. Har qanday sayyoh taqdim etilayotgan oromdan rohatlanib, an’anaviy turk oşxonasining beqiyos taomlaridan tatib körgan holda, kurort muolajalaridan bahramand bölişi mumkin. Turkiyaning taklif etilayotgan kurortlari, şubhasiz, ta’tilingizda öçmas taassurot qoldiradi. Bu imkoniyatni ijobat qiliş maqsadida Asialuxe Travel kompaniyasi “Özbekiston havo yöllari” orqali uşbu yönalişlarga töğridan töğri reysda, transferlarsiz va tezda yetib boriş mumkin bölgan noyob yönalişlar röyxatini taqdim etdi. Tanlangan mehmonxonaga nafaqat bayramlarda, balki yozning eng issiq oyi - iyulda ham dam oliş taklif etiladi! Siz şunçaki tanlov qilişingiz va çamadoningizni bayramona kayfiyat bilan yiğib aeroportga yöl olişingizning özi kifoya:

-Antaliya, 989 AQŞ dollaridan, töğridan töğri reys HAR KUNI;

-Bodrum, 786 AQŞ dollaridan, töğridan töğri reyslar 1 iyul, 8 iyul, 15 iyul, 22 iyul, 29 iyul kunlari;

-Marmaris, Fethiye va Dalaman, 757 AQŞ dollaridan Toşkent-Dalaman töğridan töğri reyslari va barça qulayliklarga ega avtobusda transfer 23 iyun, 30 iyun, 7 iyul, 14 iyul, 21 iyul, 28 iyul kunlari.

Praga va Karlovi Variga boy tarixiy meros bilan tanişiş va soğlomlaşiş maqsadida közlangan sayohat