Rossiya Moliya vazirligi tamaki va tarkibida nikotin bölgan mahsulotlarning qoğoz aksiz soliğidan voz keçişga tayyorlanmoqda. Uning örnini raqamli aksiz soliği egallaydi, deb yozdi TASS.
«Tamaki mahsulotlarini maxsus (federal) belgilar bilan markalaşdan voz keçiş rejalaştirilmoqda», deyiladi budjet va moliya bozorlari qömitasiga topşirilgan hujjatlarda.
Tamaki uçun raqamli aksiz soliğiga ötiş 2024 yilning birinçi çoragida amalga oşirilişi kerak. 2023 yilning mayidan 2024 yilning iyuligaça Rossiyada bunday markirovkadan foydalaniş böyiça tajriba loyihasi amalga oşiriladi.
Moliya vaziri örinbosari Aleksey Sazanov sözlariga köra, yangi tizim tamaki mahsulotlari muomalaga kiritilganda soliq majburiyatlarini avtomatik ravişda hisoblaş imkonini beradi.
Rossiyada 2019 yildan boşlab Ilğor texnologiyalarni rivojlantiriş markazi (Tsentr razvitiya perspektivnyx texnologiy (TsRPT) tovarlarni raqamli markalaş böyiça yagona operator hisoblanadi.
Kompaniyaning 50 foizi milliarder Alişer Usmonovning USM holdingiga tegişli. Şuningdek, uning 25 foiz aksiyasiga Aleksandr Galitskiyning «Rostex» va «Elvis-Plyus Grupp» kompaniyalari egalik qiladi. TsRPT davlat-xususiy şeriklik asosida işlaydi.
Markalaş jarayonida har bir mahsulot Data Matrix kodini oladi. U mahsulotni işlab çiqarişdan tortib to utilizatsiya qilişgaça kuzatiş imkonini beradi. Kod narxi 0,5 rublni taşkil qiladi.
2019 yilda, etiketka endi joriy qilingan paytda, TsRPT daromadi 2,7 milliard rublni taşkil etgan bölsa, 2020 yilda u ikki baravar köpayib, 7,1 milliard rublga yetdi.
Şundan keyin, Rossiya hukumati möyna, dori-darmon, poyabzal, kameralar, şinalar, ayrim iste’mol tovarlari, sut mahsulotlari va içimlik suvi uçun majburiy markalaşni joriy qildi.
Markalaş tovarlarning narxini oşirdi, çunki işlab çiqaruvçilar TsRPT kodini mahsulot paketiga joylaştiriş uçun qimmat uskunalar sotib olişga majbur böldi. 2024 yilgaça Rossiyada tovarlarni uzluksiz markalaş tizimini joriy etiş rejalaştirilgan. Buning maqsadi sifatsiz mahsulotlar va qalbaki mahsulotlar tarqalişiga qarşi kuraşiş ekani aytilmoqda.

















