Qömitaning ma’lum qilişiça, mutaxassisligi böyiça kamida beş yil mehnat stajiga ega, lekin oliy ma’lumotli  bölmagan, örta maxsus yoki professional ta’lim muassasalarini tamomlagan 12 563 nafar talabgorlar tavsiyanoma oliş uçun murojaat qilgan va ularning 11,9 ming nafariga tavsiyanoma berilgan.

Ehtiyojmand oilalardan bölgan 50 668 nafar talabgor xotin-qizlardan arizalar xotin-qizlar.uz elektron platformasi orqali qabul qilindi. Ularning 38,7 ming nafariga tavsiyanoma berildi.

“Talabgorlarning mobil telefon raqamiga tavsiyanoma berişga tavsiya etilgani yoki rad etilgani töğrisidagi xabar yuborildi.

Oila va xotin-qizlar qömitasi tomonidan tavsiyanoma olgan xotin-qizlar haqidagi ma’lumotlarni Bilim va malakalarni baholaş agentligi bazasiga kiritiş çoralari körilmoqda”, deyiladi qömita xabarida.

Eslatib ötamiz, tavsiyanoma ma’lumotlarini OTMga hujjat topşirayotganda alohida kiritib ötiriş şart emas. Ma’lumotlar avtomatik ravişda töldiriladi. Hozir tavsiyanoma ma’lumotlari bazaga kiritilyapti. Oila va xotin-qizlar qömitasi 15 iyulgaça tavsiyanoma ma’lumotlarini Bilim va malakalarni baholaş agentligi bazasiga kiritib ulgurişi kerak.