Ğarq bölgan «Titanik» kemasi tomon yöl olgan «Titan» suvosti kemasini qidiriş zonasida qandaydir bölaklar topildi. Bu haqda AQŞ Qirğoq qöriqlaş xizmati xabar berdi. Hozirça bölaklarning qanday kemaga tegişli ekani ma’lum emas. 

Sky News xabariga köra, bölaklarni Fransiyaning dengiz çuqurlik roboti Victor 6000 topgan. Hozirda mutaxassislar bölaklarni örganmoqda. 

«Titan» suvosti kemasi 19 iyun kuni Atlantika okeanida 3,8 kilometr çuqurlikda yotgan «Titanik» kemasi qoldiqlari tomon şönğişni boşlanganidan 1 soat 45 daqiqa ötib ğoyib böldi. suvosti kemasi bortida beş kişi, jumladan britaniyalik milliarder Hemiş Harding bölgan. Ular «Titanik» tomon sayohat qiliş uçun 250 ming dollarga çipta sotib olgan. 

suvosti kemasini qidirişda AQŞ va Kanada qirğoq xizmatlari, şuningdek, xususiy kemalar iştirok etmoqda. NBC News ma’lumotlariga köra, «Titan»dagi kislorod zaxirasi 96 soatga yetadi xolos. AQŞ Qirğoq qöriqlaş xizmati hisob-kitobiga köra, kislorod zaxirasi 22 iyun kuni Şarqiy qirğoq vaqti bilan soat 7:10 da (Toşkent vaqti bilan 16:10) da tugaşi mumkin. 

Avvalroq, AQŞ Qirğoq qöriqlaş xizmati okean tubidan qandaydir tovuşlar çiqayotgani, bu suvosti kemasidagilarning signali bölişi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Biroq, keyinçalik, bu okeanga xos tabiiy şovqin ekani aytildi.