Ukraina Rossiyani öz hududidan haydab çiqariş uçun qança kerak bölsa, şunça qarşi hujumni amalga oşiradi. Bu haqda Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba aytib ötdi. 

Jurnalist Kulebaga Amerikaning Abrams tanklari uşbu qarşi hujum kampaniyasida iştirok etadimi, degan savolni berdi. 

«Umid bor, lekin biz faqat bu qarşi hujum haqida öylamasligimiz kerak. Men şeriklar bilan muloqotda buni doimo ta’kidlayman: biz bu qarşi hujumga oxirgi va hal qiluvçi hujum sifatida qaramasligimiz kerak. Rossiyani haydab çiqariş uçun qança kerak bölsa, şunça qarşi hujum böladi», dedi u. 

Kulebaning ta’kidlaşiça, ba’zi texnikalar hamkorlardan endi yetib kelmoqda, ba’zilari yetkazib beriş «jarayonida». 

«Şuning uçun biz hozir işlayapmiz, lekin şuni yodda tutamizki, keyingi hujumlar uçun tanklar, bronetransportyorlar va boşqa texnikalar ham kerak böladi. Agar biz bu qarşi hujumda Ukrainani ozod qilsak, Xudoga şukrona keltiramiz, barçaga rahmat aytamiz. Ammo uruş şunday narsaki, ikki-uç qadam oldinga öylaş kerak», dedi Kuleba. 

Şuningdek, u agar Ukraina qarşi hujumda muvaffaqiyatga erişmasa, hamkorlar harbiy yordamni töxtatişga işora qilmaganini ta’kidladi. 

«Ammo har bir mamlakatda qiyinçilik bor: qayerdadir saylovlar yaqinlaşmoqda, qayerdadir omborlarda Ukrainaga berilişi kerak bölgan bombalar tugab qolgan, zavodlarda esa yangisini işlab çiqarişga ulgurmayapti», dedi Kuleba. 

Rossiya bilan muzokaralarga undaş böyiça bosim haqidagi savolga javob berarkan, Kuleba Rossiya qöşinlari Ukraina hududidan olib çiqib ketilganidan keyin muzokaralar olib boriş mumkinligini ta’kidladi.