“Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş jarayonini jadallaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qaroriga köra, prezident administratsiyasida Özbekiston prezidentining Jahon savdo taşkiloti masalalari böyiça maxsus vakili lavozimi taşkil qilindi.

JSTga a’zo böliş jarayonini jadallaştiriş, mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatining natijadorligini ta’minlaş böyiça işlarni muvofiqlaştiriş maxsus vakilning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. 

Bundan taşqari, Özbekistonning Jyeneva şahridagi Birlaşgan Millatlar Taşkiloti bölinmasi va boşqa xalqaro taşkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonasida JST masalalari böyiça birinçi kotib lavozimi kiritildi.

2023 yil 1 iyuldan JST qoida va me’yorlariga muvofiq bölmagan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini işlab çiqiş taqiqlanadi.