"Antimikrob vositalarga nisbatan çidamlilik tarqalişi oldini oliş samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Özbekiston prezidentining “Özbekiston Soğliqni saqlaş tizimini tubdan takomillaştiriş böyiça kompleks çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoni bilan 2019 - 2025 yillarda Özbekiston soğliqni saqlaş tizimini rivojlantiriş konsepsiyasi tasdiqlangan.
Konsepsiya bilan mikrobga qarşi çidamlilik tarqalişining oldini oliş, şu jumladan mikrobga qarşi terapiyaning oqilona sxema va reglamentlariga qat’iy rioya qiliş, antimikrob terapiya tayinlaşda mikrobiologiya diagnostikasi usullarini rivojlantiriş va kengaytiriş kabi vazifalar belgilab berilgan.
2022 yilning 28 oktyabrida Qozoğistonning Ostona şahrida “Mustaqil Davlatlar Hamdöstligiga a’zo davlatlar mikroblarga qarşi çidamliligiga qarşi kuraşiş böyiça qöşma harakatlar rejasi töğrisidagi” Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi hukumat rahbarlari kengaşining qarori imzolangan.
Quyidagilar antimikrob vositalarga çidamlilikka qarşi kuraşiş borasidagi muhim ustuvor yönalişlar etib belgilanadi:
- aholining antimikrob vositalarga çidamlilik töğrisidagi tuşunçasi, xabardorligini oşiriş va antimikrob vositalarga çidamlilikka qarşi kuraşişda idoralar faoliyatini muvofiqlaştiriş;
- kadrlar malakasini oşirişni takomillaştiriş, antimikrob vositalardan foydalaniş va çidamlilikni nazorat etuvçi milliy tizimni işlab çiqiş hamda amaliyotga joriy etiş, amalga oşirilayotgan diagnostika sifatini yaxşilaş, CAESAR, GLASS kabi antimikrob çidamlilikni epidemiologik nazorat qiluvçi xalqaro tizimlardan foydalaniş va ilmiy-tadqiqot işlarini olib boriş;
- tibbiy muolajalar bilan boğliq infeksiyalar ustidan infeksion nazoratni kuçaytiriş yöli bilan infeksiyalarni kamaytiriş, sanitariya-gigiyenik va epidemiyaga qarşi kuraşiş tadbirlarini kuçaytiriş, şuningdek çorvaçilik va ösimliklar himoyasida antimikrob vositalardan foydalanişni kamaytiriş böyiça çora-tadbirlarini işlab çiqiş;
- antimikrob dori vositalarni retsepsiz sotiş amaliyotini çeklaş yöli bilan uşbu vositalardan maqsadli foydalaniş amaliyotini yölga qöyiş;
- antimikrob vositalarga çidamlilik masalalarida öquv dasturlarini takomillaştiriş yöli bilan mutaxassislarni uzluksiz tayyorlaş va qayta tayyorlaş tizimini taşkil etiş va mutaxassislar salohiyatini oşiriş.
- “2023-2027 yillarda antimikrob vositalarga çidamlilikka qarşi kuraşiş dasturi” tasdiqlanadi.















