«Rossiyaliklar, Qurolli kuçlar şaxsiy tarkibi, huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari, maxsus xizmat harbiylari, duşman zarbalarini mardonavor qaytarayotgan harbiylarga murojaat qilmoqçiman. Bugun tunda barça yönalişdagi komandirlar bilan yana bir bor gaplaşdim. Aldov yoki tahdid bilan jinoiy harakatga aralaştirilganlarga ham murojaat qilaman. Ular harbiy isyon körinişidagi oğir jinoyatga yetaklandi. Rossiya bugun neonatsistlar va ularning xöjayinlariga qarşi öz kelajagi uçun kuraşmoqda. Odamlarimizning xavfsizligi va mustaqilligimiz uçun kuraşyapmiz. Ming yillik tarixga ega Rossiya bölib qoliş uçun kuraşyapmiz.

Bunday vaqtda bizni kuçsizlantiradigan hamma narsani çekkaga surib qöyiş kerak. Bu işlar jang qilayotgan quroldoş döstlaridan keçiş degani. Bu davlatimiz va xalqimizga orqadan berilgan zarbadir. 1917 yil mamlakat birinçi jahon uruşida jang qilayotgan vaqtda Rossiyaga xuddi şunday zarba berilgandi. Undan ğalabani öğirlaşgandi. Bu işlar davlat qulaşi va armiya parokanda bölişiga olib kelgandi. Oqibatda hududlar boy berildi, keyin esa fuqarolar uruşi boşlandi. Ruslar ruslarni, oğa-inilar bir birini öldirdi.

Biz bunday iş takrorlanişiga yöl qöymaymiz. Davlatni har narsadan asraymiz. Içki xiyonatdan ham. Hozir bölayotgan narsa aynan xiyonatdir. Şaxsiy manfaatlar közlangan. Bu «Vagner» safiga Soledar va Artyomovskni ozod qilgan öz quroldoşlariga ham xiyonatdir. Ular Novorosiya va rus olamining yaxlitligi uçun jon berişgandi.

Bu Rossiyaga berilgan zarba. Biz vatanni bunday xavfdan himoya qilar ekanmiz javob keskin bölişiga söz beramiz. Kiimki ongli ravişda şantaj va terror yöli bilan harbiy isyonga aralaşsa, jazolanadi. Qurolli kuçlar va boşqa organlar kerakli buyruqlarni olişdi. Kuçaytirilgan antiterror operatsiyalari Moskva hamda uning atrofida olib boriladi. Rostovda vaziyatni barqarorlaştiriş böyiça işlar qilinadi. U yerda vaziyat qiyin. U yerda harbiy va fuqarolik taşkilotlar faoliyati çeklab qöyilgan.

Rossiya prezidenti, oliy boş qömondon va Rossiya fuqarosi sifatida Rossiyani saqlab qoliş uçun hamma işni qilaman. Konstitutsion tuzum va fuqarolar erkinligini ta’minlayman. Quroldoş döstlarini sotgan, harbiy isyonga qöşilganlar albatta jazolanadi. Yagona töğri tanlov jinoiy harakatlarda qatnaşişni töxtatişdir. Vatanimiz bilan birga har qanday sinovdan ötib yanada kuçli bölamiz», dedi Putin.