21 iyun kuni soat 21:00 larda 1998 yilda Qöqon şahrida tuğilgan O.Z. ismli yigit örtoqlari bilan Danğara tumanidagi “Marokaş” nomli çoyxonada ötirgan vaqtida 1998 yilda Qöqon şahrida tuğilgan Jörayev Uluğbek Avazjon öğli bir neça örtoqlari bilan şu yerga keladi hamda O.Z.ni özlari taşqariga çaqirib oladi.

Ğiyosov ulaşgan viloyat IIB bayonotiga köra, tomonlar özaro gap talaşib, janjallaşib ketgaç, Uluğbek Jörayev yonida bölgan ötkir tiğli jism bilan O.Z.ning öng kökrak qafasiga urib, tan jarohati yetkazgan. Buning oqibatida jabrlanuvçi hodisa joyida vafot etgan.

Qöqon şahar şoşilinç yordam körsatiş markazi jabrlanuvçi öng kökrak qafasi oldi tomoni teşib ötuvçi sançilgan-kesilgan jarohatlari bilan şifoxonaga olib kelingan vaqtda allaqaçon vafot etganini bildirgan.

Viloyat prokuraturasi bayonotida hodisa joyi tuman prokurori rahbarligidagi tergov-tezkor guruhi tomonidan mutaxassislar iştirokida közdan keçirilgani va aşyoviy dalillar olingani ta’kidlanadi.

Holat yuzasidan Danğara tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam öldiriş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Ayni paytda viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

25 yaşar yigitning ölimida gumonlanayotgan Jörayev Uluğbek Avazbek öğli qidiruvga berilgan.

“Agarda ciz, Jörayev Uluğbek Avazbek öğli haqida biror-bir ma’lumotga ega yoki uning noqonuniy harakatlaridan jabr körib, tazyiqiga uçragan bölsangiz darhol yaqin oradagi içki işlar organlariga yoki «102» qisqa raqamiga murojaat qilişingiz söraladi. Şaxsingiz sir saqlanişi kafolatlanadi”, deyiladi viloyat IIB xabarida.