Ukrainada uruşning 487-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Davlat dumasining mudofaa böyiça qömitasi rahbari Aleksey Kartapolov «Vagner» XHK yollanma jangçilari Rostov-Donda «heç kimni ranjitmagani» va «heç narsani buzişmagani», şuning uçun taşkilotni taqiqlaşga hojat yöqligini aytdi.
  • Voronej oblastidagi posyolkalardan birida vagnerçilar va harbiy xizmatçilar örtasidagi otişma oqibatida 19 ta uy şikastlangan, bu haqda mahalliy rasmiylar xabar qilişdi. Rostov-Don meri esa isyon vaqtida 10 ming kvadrat metrdan ortiq yöl qoplamasi zararlanganini ma’lum qildi. RF mudofaa vazirligiga yaqin bölgan «Rybar» telegram-kanali xabar qilişiça, isyon oqibatida Rossiya armiyasi yettita bortdan ayrilgan, jumladan Mi-8 rusumli uç vertolyot urib tuşirilgan, 20 dan ortiq uçuvçilar halok bölgan.
  • Prigojinning matbuot xizmati u hozirça aloqaga çiqmayotganini bildirdi. Uni sönggi bor Rostov-Donni tark etayotganida körişgan. Isyon yakunlari haqida Prigojin şunday degan: «Normal natija. Barçani jonlantirdik».
  • Italiyaning La Repubblica naşriga köra, Prigojinning isyoni boşlangaç, NATO vakillari  RF mudofaa vazirligi bilan boğlangan. Ğarb bu harakati bilan birinçi navbatda uşbu isyonga aloqador emasligini yetkazişni istagan.
  • The New York Times va The Washington Post naşrlari esa AQŞ razvedkasi bir neça kun muqaddam kongress rahbariyatini Prigojin qurolli isyon tayyorlayotgani haqida ogohlantirgani haqida yozdi.

Çasiv Yar yaqinidagi ukrain harbiylari

Ukraina qarşi hujumini davom ettirmoqda. Front çiziğida joylaşgan aholi yaşaş manzillaridan biri — Donetsk oblasti Baxmut rayonidagi Çasiv Yar şahridir. Bu yerda may oyi örtalaridan buyon Baxmut frontida qanotlarda yuriş qilayotgan guruh ştabi joylaşgan. Çasiv Yar Baxmut va Rossiya armiyasi pozitsiyalaridan 15 kilometr ğarbda. Bahorda uşbu şahar qurşovga tuşib qolişi xavfi paydo bölgandi, ammo Ukraina qurolli kuçlari qarşi hujumga ötişi Rossiya kuçlari yorib kirişining oldini oldi. Ukraina qurolli kuçlari Zaporijjya va Donetsk oblastlarida rossiyaliklarning front çiziğidan bir neça kilometr içkaridagi pozitsiyalarini artilleriya va dronlar bilan öqqa tutmoqda.

Ukrainaning Kosti Gordiyenko nomidagi 57-alohida motoöqçilar brigadasi harbiy xizmatçisi 2S1 «Gvozdika» gaubitsasidan Rossiya qöşinlari böylab beradigan zarbalarni yönaltirmoqda.
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA