Nomzodning sözlariga köra, kelgusi 7 yilda mamlakatga 56 ta zamonaviy samolyot olib kelinadi. Aviaqatnovlar soni 4 barobar oşiriladi, xalqaro parvozlar yönalişlari 5 karra köpaytiriladi.

Buning uçun:

— hududlardagi 6 ta yirik aeroport xususiy şerikçilik asosida yangilanadi;

— «Oçiq osmon» rejimi barça aeroportlarda joriy qilinadi (Samarqand, Buxoro, Urganç, Andijon, Qarşi, Termiz va Nukusga «beşinçi havo erkinligi» berilgan).

Bugungi kunda Toşkent – Samarqand yönalişida sutkasiga 35 mingta, Toşkent – Andijon yölida 30 mingta avtomobil harakat qilmoqda. Bu – yöllarga yuklama 1,5-2 barobar köpaygan.

Şu bois Şavkat Mirziyoyevning keltirişiça, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki hamda Jahon banki kömagida Toşkent – Samarqand va Toşkent – Andijon yönalişlarida xususiy şeriklik asosida yangi tezyurar avtomobil yöllari quriladi. Bunga 4 milliard dollar investitsiya kiritiladi. Natijada uşbu yönalişlarda manzilga yetib boriş vaqti 2 barobar qisqaradi.

«Osiyo infratuzilma investitsiyalar banki kömagida Toşkent – Şahrisabz – Termiz (M-39) yöli qayta quriladi, Samarqand – Buxoro – Olot yöli ta’mirlanadi. Bunga 300 million dollar ajratamiz», deya qöşimça qildi Mirziyoyev.