Germaniyaning Statista marketing ma’lumotlar kompaniyasi tadqiqot ötkazdi va odamlar eng köp gapiradigan tillar röyxatini tuzdi. 

Reytingning birinçi poğonasini ingliz tili egalladi. Bu tilda 1,5 milliardga yaqin odam sözlaşadi va dunyoning 40 ta davlatida u rasmiy til hisoblanadi. Bundan taşqari, odamlar uni köproq örganişga harakat qiladi. 

Ommaviyligi böyiça ikkinçi örinda Xitoy tilining Mandarin lahjasi bölib, unda deyarli 1,2 milliard kişi sözlaşadi. Xitoy tilini örganuvçilar köproq aynan şu lahjani tanlaydi. 

Uçinçi örinda hind tili bölib, unda 600 million kişi sözlaşadi. U Hindistonda eng köp gapiriladigan til. 

Törtinçi örinda ispan tili, unda 550 million kişi sözlaşadi va 20 dan ortiq mamlakatlarda rasmiy til hisoblanadi. 

Fransuz tilida (5-örinda) 300 milliondan ortiq kişi sözlaşadi va u Yevropada ikkinçi örinda turadi. 

Arab tili reytingda oltinçi örinni egalladi (yer yuzida 275 million kişi sözlaşadi). 

Keyingi örinlarda Bengal tili (Hindistonda 273 mln kişi sözlaşadi), portugal tili (264 mln kişi sözlaşadi), rus tili (255 mln kişi sözlaşadi) va urdu tili (asosan Pokiston va Hindistonda 232 mln kişi sözlaşadi).