“Dunyoning “Top-100”ta oliygohiga grantga kirayotgan öğil-qizlarimiz soni tobora köpaymoqda. Mamlakatimizning “Oltin fondi” bölgan uşbu iqtidorli yoşlarimizni har tomonlama qöllab-quvvatlaşimiz zarur. Endi, ularga “El-yurt umidi” jamğarmasi mablağlari qöşimça imtihonlarsiz ajratiladi. “Top-500”ta oliygoh grantini olgan farzandlarimizga aviaçipta va yotoqxona xarajatlari töliq qoplab beriladi. Bu maqsadlar uçun har yili 200 million dollar ajratiladi”, dedi nomzod.

Qöşimça qilinişiça, Buxoro, Samarqand, Xiva, Termiz, Şahrisabz, Qöqon kabi turistik majmualarda, şahar va tumanlardagi markaziy parklarda “Oçiq osmon ostida kutubxona”lar taşkil qilinadi.

Şu bilan birga, öz hisobidan kutubxona barpo etayotgan taşabbuskorga 1 mingtadan özbek va jahon adabiyotining durdona asarlari olib beriladi.

“Ular davlat hisobidan kompyuter bilan jihozlanib, Milliy kutubxona bazasiga ulanadi”, dedi Mirziyoyev.