Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida 44 nafar fuqaro ovqatdan zaharlangani töğrisida xabar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Aniqlanişiça, joriy yilning 25-26 iyun kunlari 57 nafar fuqarolar viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasiga iç ketiş va tana harorati kötarilişi şikoyatlari bilan murojaat qilgan.
Dastlabki laboratoriya tekşiruvi xulosasiga köra, fuqarolarga “Ötkir diareya” ovqatdan zaharlaniş taşxisi qöyilib, tibbiy muolajalarni amalga oşiriş uçun barçasi şifoxonaga yotqizilgan.
Bemorlarning 11 nafariga tibbiy yordam körsatilib, uyiga javob berilgan, 46 nafari qoniqarli ahvolda ekani ma’lum bölgan.
Jizzax şahar prokuraturasi tomonidan ötkazilayotgan tergovga qadar tekşiruv davomida bemorlar Jizzax şahridagi oşxonalarning birida ovqatlanganligi aniqlanib, hodisa joyidan olingan oziq-ovqat mahsulotlarining namunalari böyiça va barça bemorlarga nisbatan tegişli ekspertizalar tayinlanib, soha mutaxassislari jalb etilgan.
Viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari ustidan nazorat örnatilgan, deyiladi rasmiy ma’lumotda.
















