Özbekistondagi eng yirik supermarketlar tarmoği – “Korzinka” öz onlayn-supermarketini “Korzinka Go” nomi bilan yangi brend ostida taqdim etişini e’lon qildi. Xizmat oziq-ovqat mahsulotlari va uy uçun tovarlarning keng assortimentini, şuningdek, ikki soat içida tezkor yetkazib beriş imkonini taklif etadi.

Korzinka Go ilovasi işga tuşirilgani munosabati bilan xizmatning barça foydalanuvçilariga ilk buyurtma uçun 10% miqdorida çegirma va uç bepul buyurtma imkoni taqdim etiladi. Onlayn-supermarketning yetkazuv xizmati hozirça Toşkent şahrida mavjud, lekin uni boşqa şaharlarda ham işga tuşiriş rejalaştirilgan.

Biroz tarix

Iste’mol mahsulotlarini yetkazib beriş xizmati Özbekistonda 2005 yilda boşlangan va u aynan “Korzinka” tomonidan amalga oşirilgan. Dastavval Anglesey Food nomida faoliyat boşlagan supermarketlar tarmoği şu yilning özida rebrendingni amalga oşirib, korzinka.uz nomi bilan onlayn-yetkazuv xizmatini yölga qöygan.

2017 yilda xizmat Lebazar autsors xizmatiga topşirilgan. 2022 yilda esa “Korzinka” kompaniyani sotib oldi va xizmatni yangilaş, takomillaştiriş işlarini boşladi.

— Yurtimizda çakana savdo (riteyl) va onlayn-yetkazuv sohasida birinçilardan bölib faoliyat boşlagan kompaniya sifatida biz Korzinka Go onlayn supermarketini xaridorlarimizga taqdim etişdan bağoyat xursandmiz.

Bizning asosiy maqsadimiz — "odatdagidan yaxşi" tamoyiliga rioya qilgan holda, oziq-ovqat xaridini yanada qulay qiliş. Bu maqsadga erişganimiz esa sinov va xatoliklar, köplab tajribalar natijasidir, — deydi “Korzinka” supermarketlar tarmoği asosçisi va kuzatuv kengaşi raisi Zafar Hoşimov.

Korzinka Go ilovasida nimalar bor?

 Korzinka Go xizmatida rözğoringiz uçun zarur oziq-ovqatlar, uy uçun kerakli tovarlarning katta, oson tanlov imkoniyati taqdim etilgan va ikki soat içida tezkor yetkazuv ham mavjud.

 Ilovada, şuningdek:

 • real vaqt tartibida yetkazuvçining harakatlanişini qulay qidiruv va xaritadan kuzatiş mumkin;

• bölimlardagi suratlar Midjourney sun’iy idrok dasturi yordamida şakllantirilgan;

Eng ahamiyatlisi, Korzinka Göda “Korzinka” supermarketlarining sifat standartlari töla amal qiladi, xizmat va tovarlar uçun kafolat mavjud.