Durovning sözlariga köra, köp yillar davomida foydalanuvçilardan kelgan sörovlarning yarmidan köpi “Hikoyalar” bilan boğliq bölgan.

“Dastlab, biz bunga qarşi edik, çunki “Hikoyalar” – Stories allaqaçon hamma joyda bor. Biroq, agar biz foydalanuvçilarni tinglamaganimizda va mavjud formatlarda yangilik kiritmaganimizda, Telegram – Telegram bölmas edi. Şunday qilib, biz tez orada Telegram'da Stories'ni işga tuşiramiz”, – deya e’lon qildi messenjer asosçisi.

Ma’lum bölişiça, yangi funksiya çatlar röyxatining yuqori qismida joylaşadi. Şuningdek, hikoyalarning maxfiyligi saqlanadi: siz storisni kim körişini özingiz hal qilasiz, boşqalarning storislarini ham yaşirib qöyişingiz mumkin.

Bundan taşqari, storisda maşhur ijtimoiy tarmoqlar kabi foto va videolarni tahrirlaş, ular ustiga yoziş va boşqalarni belgilaş imkoni böladi. Kameradan foydalanişda esa Telegram videoxabarlari kabi ikkita kamerani qöllab-quvvatlaş xizmati böladi.

Hikoyaning profilda qoliş muddatini ham foydalanuvçining özi belgilaydi: hikoya 6, 12, 24 yoki 48 soatda tugaşini yoki doimiy ravişda qolişini tanlaş mumkin.

Işlab çiqaruvçilarga köra, bu funksiya guruh va kanallar egalariga boğlangan, faol foydalanuvçilar haqida köproq ma’lumotga ega böliş imkoniyatini beradi.

Durov bu yangilik Telegram'da yangi davr boşlanganidan xabar berişini aytib, ilova yanada ijtimoiyroq bölişini bildirgan.

Şuningdek, Pavel yana bir bor asosiy raqobatçisi – WhatsApp ularga taqlid qilişda davom etayotganiga işora qilgan.

“Biz bu taqlidni iltifot sifatida qabul qilamiz – bu bizning yetakçilik qilayotganimizni körsatadi. Raqobatçilarimiz yetib olişga harakat qilişsa-da, biz yuqori sifatli xususiyatlarni joriy etişda davom etamiz”, – deya izohlagan Pavel Durov ilovadagi yangilanişlarni.