Kovaçiç — «Mançester Siti»da

Bir neça kun oldin Ilkay Gundöğanni «Barselona»ga qöyib yuborgan «şaharliklar» uning örniga futbolçi olişdi. «Çelsi» yarimhimoyaçisi Mateo Kovaçiç «Etihad»ga taşrif buyurdi, London klubi bilan şartnomasi muddati tugaşiga bir yil qolgan uşbu futbolçi transferi «Siti»ga 30 million funtga tuşişi mumkin (futbolçi jamoa bilan sovrinlar yutsa, 5 million funt miqdorida bonus tölab beriladi).
«Bu men uçun ajoyib yuriş böldi va men «Siti» safida maydonga tuşişni sabrsizlik bilan kutmoqdaman. Pep boşqaruvidagi uşbu jamoa öyinlarini kuzatib boradigan har qanday kişi, ular qançalik yaxşi ekanini biladi. Men uçun ular dunyodagi eng zöri», — dedi xorvatiyalik 29 yoşli tayanç yarimhimoyaçisi.
2018/2019 yilar mavsumidan buyon «Çelsi»da bölgan Kovaçiç ötgan vaqt içida barça turnirlar doirasida 221 öyinda maydonga tuşib, 6 gol urgan va 15 golga uzatma bergan, Çempionlar ligasi, Yevropa Ligasi, Yevropa Superkubogi va klublar örtasidagi jahon çempionatida ğolib çiqqan.
Havers — «Arsenal»da
«Arsenal» şu hafta «Çelsi»dan hujumkor yarimhimoyaçi Kay Haversni transfer qilganini e’lon qiladi, deb xabar bermoqda insayder Florian Plettenberg.
Manba ma’lumotiga köra, tomonlar barça detallar böyiça kelişib olişgan va germaniyalik havbek bilan 2028 yilga qadar şartnoma tuziladi. Transfer summasi — 75 million yevroni taşkil etadi.
Havers şu hafta tibbiy körikdan ötişi kutilmoqda. 2022/23 yillar mavsumida 24 yoşli havbek «Çelsi» uçun 47 öyinda qatnaşib, 9 gol urgan va 1 golga uzatma bergan. Transfermarkt portali futbolçining transfer qiymatini 55 million yevroga baholagan.
Keyn «Bavariya»ga ötişga yaqin
The Athletic ma’lumotiga köra, nemislar grandi Harri Keynni bu yozdagi asosiy transfer nişoni sifatida belgilab olgan va «Tottenhem»ga 60 million funt sterlinglik taklif yöllagan. Daily Mail naşrining aniqlik kiritişiça, futbolçi myunxenliklar taklifini qabul qilgan. Ammo «şporlar» klubi xöjayini Daniel Levi kelişuvga qarşi va göyoki barça takliflarni rad etişga va’da bergan. Lekin hujumçining London klubi bilan şartnomasi keyingi yil yozida yakuniga yetadi va u erkin agentga aylanadi.
Keyn — «Tottenhem» va Angliya milliy jamoasi tarixidagi eng yaxşi töpurar, şuningdek — uç bor APLning eng yaxşi töpurari bölgan. Ayni vaqtda u APL tarixidagi eng yaxşi töpurarlar röyxatida 213 gol bilan Alan Şirerdan (260) keyingi ikkinçi örinda bormoqda. Agar u Bundesligaga yöl olsa, Şirerga yetib olişi qiyin böladi.



















