Davlat rahbarlari bir-birini va qardoş xalqlarimizni muborak Qurbon hayiti bilan qutlab, tinçlik-osoyiştalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etdi.
Köp qirrali hamkorlikni yanada kengaytiriş va keng qamrovli strategik şeriklik munosabatlarini mustahkamlaşning dolzarb masalalari körib çiqildi.
Oliy darajadagi kelişuvlarga muvofiq siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlik yuqori sur’at va samarali tus olgani qayd etildi.
Suhbat çoğida xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşildi.
Bölajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi körib çiqildi. Özbekiston-Turkiya oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengaşining navbatdagi yiğilişi kun tartibini puxta tayyorlaş muhimligi alohida ta’kidlandi.

















