Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiylar bilan uçraşuvda Rossiya «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi faoliyatini «töliq» moliyalaştirganini aytdi. 

Prezidentning sözlariga köra, butun xususiy harbiy kompaniyani saqlab turiş uçun «2022 yil mayidan 2023 yil mayiga qadar» Rossiya budjeti 86,3 milliard rubl (1 mlrd dollardan ortiq) sarflagan. Bu summa yollanma jangçilarning yaşaş xarajatlari va maoşlari, şuningdek rağbatlantiruvçi va suğurta tölovlarini öz içiga oladi. «Interfaks» agentligining aniqlik kiritişiça, Putin davlat yollanma jangçilarning suğurta tölovlari uçun yana 110 milliard rubl ajratganini qöşimça qilgan.

Bundan taşqari, Putinning aytişiça, «Konkord» kompaniyasi xöjayini (Putin bu safar ham xususiy harbiy kompaniya asosçisi Yevgeniy Prigojinni nomi bilan atamadi) bu davr içida «davlatdan 80 milliard rubl işlab olgani»ni (Voyentorg orqali rossiyalik harbiylarga oziq-ovqat yetkazib berib) aytgan.

«[Vagner XHK]ni saqlab turişni davlat töliq öz zimmasiga olgan, bu butun guruhning bir qismi bölgan „Konkord“ kompaniyasi esa bu vaqt davomida 80 milliard rubl işlab oldi. Umid qilamanki, bu iş davomida heç kim heç narsa öğirlamadi yoki kamroq öğirladi, ammo biz buning hammasi bilan şuğullanamiz», — deya qöşimça qilgan Rossiya prezidenti.

Şu bilan birga, u «Vagner» jangçilari mamlakatda hurmatga sazovor bölib, «mardlik va qahramonlik körsatgani»ni e’tirof etdi.

«„Vagner“ guruhiga kelsak, biz bu guruh jangçilari va qömondonlariga doimo katta hurmat bilan munosabatda bölganmiz, çunki ular haqiqatan ham jasorat va qahramonlik körsatgan», — dedi u.

  • Rossiya hukumatidagilar bir neça bor «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi davlat bilan heç qanday aloqaga ega emasligini bildirgan. Masalan, 2023 yilda xavfsizlik böyiça Myunxen konferensiyasida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bir yil muqaddam Putin uni Rossiyani «Vagner» XHK bilan heç narsa boğlamasligiga işontirganini aytib bergandi.
  • 2022 yil mayida, Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bosqinidan köp vaqt ötmay, RF TIV rahbari Sergey Lavrov «Vagner» XHK — Rossiya davlatiga heç qanaqa aloqasi bölmagan xususiy harbiy kompaniya hisoblanişini ma’lum qilgandi. Öşanda vazir Ukrainada «Vagner» jangçilari yöqligini aytgandi. 
  • 2023 yil 23 iyun kuni keçqurun «Vagner» XHK asosçisi Yevgeniy Prigojin «adolat marşi» boşladi, uning doirasida yollanma jangçilar Moskvaga kirib borişi közda tutilgandi. Keyingi kun tongida vagnerçilar Rostov-Donni egallaşdi va Lipetsk oblastigaça yetib borişdi. Prigojinning sözlariga köra, uning yollanma jangçilari Moskvaga 200 kilometr qolganida töxtagan. «Marş» Prigojinning Rossiya hukumati bilan kelişuvi doirasida töxtatilgan, unga köra «Vagner» XHK safida qolişga qaror qilgan yollanma jangçilar guruh rahbari bilan «Belarusga ketişi» mumkin edi.