«Rosgvardiya»ga og‘ir qurollar va tanklar topshiriladi
«Rosgvardiya» o‘z ixtiyoriga tanklar va og‘ir qurollarni qabul qilib oladi, bu masala allaqachon Putin bilan muhokama qilingan, dedi idora boshlig‘i Viktor Zolotov.

Foto: rosguard.gov.ru
«Rosgvardiya» tanklar va og‘ir qurollarni oladi, dedi 27 iyun, seshanba kuni idora direktori Viktor Zolotov.
«Bu masala hozir juda keskin. Bizda tanklar va boshqa og‘ir qurollar yo‘q. Biz buni qo‘shinlarga kiritamiz», - dedi u va bu masala Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan allaqachon muhokama qilinganini qo‘shimcha qildi. Zolotovning so‘zlariga ko‘ra, jihozlash shartlari moliyalashtirishga bog‘liq bo‘ladi.
Yevgeniy Prigojinning isyonini sharhlar ekan, Zolotov «Vagner» XHK kolonnasi Rossiya bo‘ylab shiddat bilan harakatlangani, chunki uning harakatlarini qaytarish uchun asosiy kuchlar Moskva yaqinida to‘planganini ma’lum qildi.
«Biz barcha kuchlarimizni aniq Moskva chekkasiga jamladik, chunki agar guruhni tarqatib yuborsak, ular shunchaki pichoq kabi yog‘dan o‘tib ketishardi. Qaytarish uchun musht jamlangan edi», dedi u. Zolotov isyon paytida huquq-tartibot idoralarining ishini «juda yaxshi» deb atadi.
Yevgeniy Prigojinning isyoni taxminan bir kun davom etdi, shu vaqt ichida «Vagner» XHK jangarilari Rostov-Dondagi harbiy obektlarni egallab oldi va Moskvaga yo‘lga chiqdi, shaharga 200 kilometr yetib bormay, kolonnalarni joylashtirdi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Meksika Google korporatsiyasini sudga berdi
Jahon | 00:27
-
“Harvard bu raundni yutdi”: universitet AQSh ta’lim vazirining xatolarga to‘la xatini tekshirib, o‘ziga qaytarib yubordi
Jahon | 00:01
-
Britaniyada uchuvchi o‘ng va chapni adashtirib yuborgani uchun samolyotda yong‘in chiqdi
Jahon | 23:57 / 09.05.2025
-
Tramp boylar uchun soliqni oshirish taklifini berdi
Jahon | 23:06 / 09.05.2025
Mavzuga oid

12:24 / 30.04.2025
AQSh Avstraliyaning Amerika tanklarini Kiyevga berishiga to‘sqinlik qilyapti

10:32 / 04.04.2025
AQSh: Rossiya Ukrainadagi urushda 4000 dan ortiq tankni yo‘qotdi

15:12 / 13.12.2024
Tayvan armiyasi o‘z tanklarni dronlardan himoya qilishning yangi usulini ko‘rsatdi

12:32 / 06.12.2024