Google brendiga egalik qiluvçi Alphabet Inc Rossiyada 4 milliard rubl (47 million dollar) miqdorida jarima tölaşi kerak. Moskvaning Presnenskiy tumani sudining tegişli qarori haqida 27 iyun, seşanba kuni Rossiya Federal monopoliyaga qarşi xizmati («FAS») xabar berdi.
Ta’kidlanişiça, jarimani undiriş töğrisidagi qaror Federal monopoliyaga qarşi xizmat tomonidan Amerika kompaniyasiga ilgari tayinlangan jarimani öz vaqtida tölamagani munosabati bilan qabul qilingan.
2022 yil fevral oyida «FAS» Rossiyada Internet texnologiyalari böyiça mintaqaviy jamoat markazi («ROTsIT») şikoyatidan söng Google LLC’ga nisbatan qözğatilgan monopoliyaga qarşi işni körib çiqişni yakunladi. Şundan söng idora Youtube’da (Google LLC’ga tegişli videoxosting xizmati) akkauntlarni şakllantiriş, töxtatib turiş, bloklaş va foydalanuvçi kontenti bilan boğliq qoidalar şaffof emas va noxolis», degan xulosaga keldi.
Şunga asoslanib, «FAS» komissiyasi Google LLC’ni «YouTube videoxosting xizmatlari bozoridagi ustun mavqeyini suiiste’mol qiliş»da aybdor deb topdi va 2022 yil iyul oyida kompaniyaga 2 milliard rubldan ortiq miqdorda (daromadga qarab) jarima soldi.












