Qozoğistonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev «Nazarboyev universiteti», «Nazarboyev intellektual maktablari» va «Nazarboyev jamğarmasi» oliy vasiylik kengaşi rahbari maqomidan ayrildi. 

Tegişli qoidalar payşanba kuni mamlakat parlamenti tomonidan qabul qilingan «Qozoğiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kasbiy malaka, davlat mukofotlari, ijtimoiy ta’minot va ta’lim masalalari böyiça özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonunda keltirilgan. 

«Davlat rahbarining avtonom ta’lim taşkilotlarining oliy vasiylik kengaşini tuziş böyiça vakolatlarini belgilaşga özgartirişlar kiritiş közda tutilmoqda», deb xulosa qildi Senat. 

Qonunga köra, oliy vasiylik kengaşining raisi Qozoğiston prezidenti yoki prezident tomonidan tayinlangan şaxs hisoblanadi. Oliy vasiylik kengaşi töğrisidagi nizom Oliy vasiylik kengaşi raisi tomonidan tasdiqlanadi. Hozirgi tahrirda oliy vasiylik kengaşining birinçi raisi birinçi prezident Nursulton Nazarboyev hisoblanadi. 

Şuningdek, kiritilgan özgartirişlarga köra, iqtidorli bolalarning «Nazarboyev intellektual maktablari»da öqişi uçun tölovlarni amalga oşirişga möljallangan «Örken» ta’lim granti endi birinçi prezident tomonidan emas, balki davlat rahbari tomonidan ta’sis etiladi. 

Avvalroq Nazarboyev «Elboşi» maqomidan mahrum qilingan edi. 15 fevral kuni Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev sobiq prezident Nazarboyev va uning oila a’zolari uçun qator imtiyozlar belgilangan «Birinçi prezident töğrisida»gi qonunni bekor qiluvçi qonunni imzoladi. 

2022 yil 5 iyun kuni Qozoğistonda Konstitutsiyaga özgartirişlar kiritiş böyiça referendum bölib ötdi. Konstitutsiyadan respublikaning birinçi prezidenti Nazarboyevning roli va imtiyozlari haqidagi qoidalar çiqarib taşlandi.