Quturiş odamdan odamga yuqadimi, alomatlari va davosi qanday? – mutaxassis bilan intervyu
|15:04 / 30.06.202353 7059 min
Bugun dunyo böylab yiliga 59 ming kişi quturişdan vafot etadi. Va buning aksari Afrika va Osiyo mamlakatlariga töğri keladi. Zamonaviy tibbiyot bölişiga qaramay, nega hamon quturişdan qurbonlar bor? Quturişning oldini oliş mumkinmi, kasallik odamlarga qanday yuqadi, belgilari qanday va biror hayvon tişlaganda nima qiliş kerak?
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Bugun özbekistonliklar orasida jonivor boqadiganlar köpaygan. Ayniqsa yoz kunlarida köçada sayr qilib yurgan it yoki muşuklar ham talaygina. Va ular quturiş kasalligining asosiy tarqatuvçisi hisoblanadi. Bu kasallikdan qanday himoyalaniş va davosi haqida Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi mutaxassisi Klara Rajabboyeva Kun.uz’ga intervyu berdi.
– Quturiş bilan kasallaniş bugungi kunda qançalik köp uçraydi?
– Jahon Soğliqni saqlaş taşkiloti ma’lumotiga köra, har yili dunyoda 59ming odam quturişdan vafot etadi. Ölimlarning 95 foizi Afrika va Osiyo davlatlarida sodir böladi. Albatta, ularning orasida Özbekiston ham bor. Özbekiston quturiş kasalligi böyiça tabiiy öçoqli hudud hisoblanadi. Respublikada kasallik har yili, öz vaqtida antirabik yordam uçun tibbiyot muassasalariga murojaat qilmaslik oqibatida va sanoqli sonlarda qayd etiladi.
– Quturiş qanaqa kasallik va qanday yöllar bilan yuqadi?
– Quturiş (gidrofobiya) – issiqqonli hayvonlarda uçraydigan, neyrotrop virus qözğatadigan, kasallangan hayvonning sölagi bilan muloqot natijasida (tişlaşi, tirnaşi, sölaklaşi va boşqa muloqotlar) yuqadigan, markaziy asab tizimining çuqur şikastlanişi bilan keçadigan va bugungi kunda ölim bilan yakun topadigan oğir zooantiroponoz, tabiiy öçoqli öta xavfli yuqumli kasallikdir.
Bu kasallik hatto kemiruvçilar va körşapalaklardan ham tarqalişi mumkin. Kasallik hayvonlardan hayvonlarga va hayvonlardan odamlarga yuqadi. Odamdan odamga va odamlardan hayvonlarga yuqmaydi.
– Quturiş kasalligining belgilari qanaqa, rivojlaniş bosqiçlari qanday keçadi, bunday bemorda qanday alomatlar kuzatiladi?
– Quturiş klinikasining keçişiga qarab, uç davrga bölinadi: boşlanğiç, qözğaliş va falaj davrlari.
Kasallikning boşlanğiç davri 1-3 kun davom etadi.
Alomatlari:
Tişlangan joy qiçiydi, tortişib oğriydi, bitgan jarohat va çandiq takroran yalliğlanadi.
Bemor tuşkunlikka tuşadi, odamlar bilan muloqotdan qoçadi, uyqusi buzilib, iştahasi böğiladi, unda qörquv hissi paydo böladi, kayfiyati özgarib turadi, atrofga loqayd böladi.
Mavzuga oid
Tana harorati subfebril böladi, eşitiş va köriş qözğatuvçilariga nisbatan sezgirlik oşadi.
Kasallik boşlangandan 2-3 kun ötgaç, bemorda qözğaliş, ya’ni kasallikning avj oliş davri boşlanadi.
Belgilari:
Bemorning tana harorati kötariladi, qon tomirlarining urişi tezlaşadi, suvni körganda, hattoki suv töğrisida eşitganda yutiş muskullari tortişib, qisqarib, qattiq oğriydi, ya’ni bemorda gidrofobiya alomati paydo böladi.
Şundan keyin bemorda havodan qörqiş (aerofobiya) alomati qöşiladi. Havo harakati yoki bemorni biror-bir narsa bilan yelpiganda (soçiq, qoğoz va h.), bemor böğiladi, talvasaga tuşadi. Xuruj yoruğlikdan (fotofobiya), baland ovoz va şovqindan ham (akustofobiya) vujudga keladi.
Bemorning harorati +38ºSgacha kötariladi, ovozi böğiladi, badani terlab, sölagi oqadi, hiqiçoq tutadi, köz qoraçiği kengayadi, oyoq-qöllari oğriydi. Közlari bir narsadan qörqqandek körinadi. Tomirning tez-tez urişi davom etadi (taxikardiya), nafas oliş yuzaki va tartibsiz böladi, vaqti-vaqti bilan bemor çuqur nafas oladi. Muskullari tortişib, talvasalaniş nafas va yutiş muskullaridan boşlanib, keyin barça muskullarga tarqaladi.
Bemorning uyqusi buziladi, öz-özini tişlaydi. Es-huşi kirdi-çiqdi bölib qoladi, keyinçalik bemorning köziga yöq narsalar körinadi (gallyutsinatsiya), u alahsiraydi.
Bu davr 2-3 kundan 5-6 kungaça davom etişi mumkin. Qözğaliş davri odatda 2-3 kun davom etadi. Kasallikdagi yorqin gidrofobiya, aerofobiya, fotofobiya, akustofobiya alomatlari boşqa kasalliklarda uçramaydi va bu alomatlar muhim taşxisiy ahamiyatga ega.
Kasallikning uçinçi, ya’ni falaj davrida suvdan, havodan, şovqindan va yoruğlikdan qörqiş alomatlari ança kamayib, bemor tinçlanadi, suyuqlik iça boşlaydi, ovqatlangisi keladi. Lekin tana harorati yuqori bölib qolaveradi, sözlarni aniq va tiniq ayta olmaydi. Şundan keyin oyoqlar falaji boşlanadi (paraplegiya). Oradan 15-20 soat vaqt ötgaç, tananing boşqa muskullari ham falaj böla boşlaydi. Bemordan köp sölak oqişi davom etadi, tana harorati yana kötariladi.
Şu holatlar davom etib, bemor yurak-tomir faoliyati yetişmasligi yoki nafas markazining falaji oqibatida öladi.
– Quturiş kasalligining belgilari qança muddatda namoyon bölişni boşlaydi?
– Odamlarda quturiş kasalligining yaşirin davri 7 kundan 1 yilgaça çözilişi mumkin. Aksariyat hollarda kasallikning örtaça yaşirin davri 10-14 kun böladi, ba’zi bir hollarda 30-90 kun davom etişi mumkin. Bu davrning qisqa yoki uzoq davom etişi virusning xususiyatlariga, odamning kasalliklar bilan kuraşiş qobiliyatiga, tişlagan hayvonning turiga, jarohatning qayerda joylaşganligiga, katta-kiçikligiga va çuqur-yuzakiligiga boğliq böladi. Quturiş kasalligi juda oğir keçib, kasallik 100 foiz ölim bilan tugaydi.
– Quturiş qanday aniqlanadi va davolaniş yöllari haqida ma’lumot bera olasizmi?
– Bugungi kungaça bu dahşatli kasallikning samarali davolaş usullari işlab çiqilmagan. Şu bois ham biz köproq quturiş kasalligidan saqlaniş, uning oldini oliş töğrisida öylaşimiz kerak. Kasallikning oldini olişning oltin qoidasi bor: hayvon tişlaşidan saqlaniş, bordi-yu tişlaniş sodir bölsa, şu zahotiyoq tegişli tibbiyot muassasasiga murojaat qilib, quturişga qarşi emlaş oliş.
Quturiş bu avvalo hayvonlar kasalligi va odamga kasallik faqat hayvonlardan yuqadi. Şu sababli quturiş kasalligining birinçi navbatda hayvonlar örtasida qayd etilişiga yöl qöymaslik kerak.
– Quturiş yuqqani keç aniqlansa ham uni davolaş mumkinmi, agar aksi bölsa bemorni qanday taqdir kutadi?
– Quturiş yuqqani erta yoki keç aniqlansa ham kasallik albatta ölim bilan tugaydi, ya’ni bu kasallikda ölim muqarrar, çunki bugungi kungaça bu dahşatli kasallikning samarali davolaş usullari işlab çiqilmagan, şunga qaramasdan bemorlarga şifokorlar tomonidan tinçlantiruvçi va boşqa simptomatik davo usullari qöllanadi.
– Özbekiston hududida quturiş qaysi hayvonlarda uçraydi, quturgan hayvonlar qanday aniqlanadi?
– Bu kasallik bilan asosan itlar va muşuklar, şuningdek, yovvoyi hayvonlar (böri, çiyaböri, tulki va boşqalar) kasallanadi.
Respublikamizda odam uçun kasallikning yetakçi manbai – itlar hisoblanadi. Oxirgi yillarda quturiş kasalligiga çalingan odamlarning 95 foizida itlar va 5 foizida esa boşqa hayvonlar kasallik manbai bölgan.
Virus quturişga çalingan hayvonlarning sölagi bilan ajraladi. Virus kasallikning inkubatsion davrining oxirgi 10 kunida va butun kasallik davri mobaynida ajraladi hamda tişlaş, sölaklaş natijasida kasallik soğlom hayvonlarga teri va şilliq qavatlar orqali yuqadi.
Quturiş kasalligiga gumon qilinib, ölgan itlar boş miya bölakçalari laboratoriya usulida veterinariya xizmatiga qaraşli laboratoriyalarida tekşiriladi.
Quturiş kasalligining laboratoriya diagnostikasi miyadan tayyorlangan surtmada Babeş-Negri kiritmalarini oddiy yoruğlik mikroskopida, lyuminessent mikroskopida immunofluoressensiya reaksiyasi, immunoferment tahlili usulida yoki immunodiffuziya reaksiyasida virus antigenini körişga hamda albatta yoş oq siçqonlarda biosinov qöyişga asoslangan.
– Bu kasallikdan himoyalaniş yöllari haqida ma’lumot bera olasizmi?
Javob oddiy, faqat har bir fuqaro quturiş kasalligining oldini oliş böyiça quyidagi “oltin qoidalar”ga amal qilsa bas:
- it saqlaş qoidalariga puxta va muntazam amal qiliş;
- itlarni hududiy veterinariya xizmati idorasiga öz vaqtida hisobga qöyib, quturişga qarşi emlatiş;
- egasiz, daydi itlarning paydo bölişiga yöl qöymaslik;
- imkoni boriça it va boşqa hayvonlar tişlaşidan saqlaniş çoralarini köriş, bordi-yu biror-bir hayvon tişlasa, zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat etiş va mutaxassis vraçning tavsiyasiga köra quturiş kasalligiga qarşi emlatiş.
Yuqorida aytilgan tavsiyalarga amal qilingan taqdirdagina, biz dahşatli, öta xavfli yuqumli kasallik hisoblangan quturişdan özimizni asragan bölamiz.