«VÇK-OGPU» loyihasiga köra, Prigojinning şaxsan özi xolding tugatilganini e’lon qilgan.
«Prigojinning şaxsan özi «Patriot» mediaxoldingi tugatilganini ma’lum qildi. Barça xodimlar işdan böşatiliş jarayonida», deyiladi xabarda.
Prigojinning media-xoldingiga «RIA FAN», «Narodnyye novosti», «Ekonomika segodnya» va boşqa köplab taşviqot maydonçalari kiradi. Bugun «Roskomnadzor» uşbu naşrlarning veb-saytlarini blokladi.
Bundan taşqari, Prigojinning Yarus ijtimoiy tarmoği ham tugatildi. Şuningdek, «Konkord» kompaniyasi ham yopildi. Kompaniya Rossiya Mudofaa vazirligining hozirgi rahbariyatiga aloqador korxonalarga ötadi. Aktivlar sotilmoqda.
23 iyun kuni «Vagner» rahbari Yevgeniy Prigojin Rossiyada qurolli isyon kötardi. Ertasi kuni «vagnerçilar» Rostovni egallab, keyin Moskvaga yöl olişdi.
Öşa kuni keçqurun Prigojin Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko bilan muzokara ötkazdi va yollanma askarlariga dala lagerlariga qaytişni buyurdi.
Keyinçalik, Prigojin oldiga harbiy isyon kötargani sababli aniq şartlar qöyilgani, jumladan, 1 iyulgaça Rossiyadagi barça biznesini yopiş va mulkini olib ketiş uçun muhlat berilgani ma’lum böldi.













