Şu kunlarda tarixiy majmuada maxsus loyihaning birinçi bosqiçi doirasida arxeologlar tomonidan örganilib, oçib qöyilgan törtta obektda oçiq osmon ostidagi muzeylar qurilişi boşlandi.
Keyingi bosqiçda sayyohlar uçun infratuzilma obektlarini - katta istirohatgoh, hunarmandlar markazi va karvonsaroy hamda boşqa inşootlarni barpo etiş maqsad qilingan. Rejaga köra, qadimgi Axsikent va Axsi qişloğini daryo yoqalab boğlab, yaxlit yirik sayyohlik majmuasi barpo etiladi.
Axsikent eradan avvalgi III asrda taşkil topgan bölib, qadimgi Farğona davlatining poytaxti, Buyuk ipak yölining asosiy şaharlaridan biri bölgan. Tarixiy manbalarda, xususan, «Boburnoma»da bu kentning alohida ahamiyati haqida köp yozilgan. Qadimdan bu yerda yerosti suv inşooti bölgani bois mudofaa uçun qulay sanalgan. Şahar Ark, içki va taşqi şaharlardan iborat bölib, bu yerda öz davrida şişasozlik, kulolçilik, temirçilik, qurolsozlik kabi hunarmandlik turlari yaxşi rivojlangan.
Bugungi kunda Axsikentning 100 gektarga yaqin qismi saqlanib qolgan bölib, Farğona vodiysidagi eng katta arxeologik yodgorlikdir. Arxeologlar tomonidan temirçilar ustaxonasi, X-XIII asrlarga oid hammom qoldiqlari, askarlar xonalari, jome masjidi, mudofaa devorlari, yerosti irrigatsiya tarmoqlari, hunarmandlar mahallasi, hukmdor qarorgohi – Ark qazib örganilgan.












