Şanxay Hamkorlik Taşkiloti (ŞHT) 4 iyul kuni Eronning assotsiatsiyaga a’zo davlatlar qatoriga kirganini rasman e’lon qildi.

Tegişli qaror taşkilotning Hindiston raisligidagi 23-sammitida qabul qilindi. Şu munosabat bilan Pekindagi ŞHT kotibiyatida Eron bayroğini kötarişga bağişlangan tantanali marosim bölib ötdi.

Şunday qilib, Eron davlatlararo assotsiatsiyaning töqqizinçi a’zosiga aylandi. 2022 yil sentabr oyida Samarqandda bölib ötgan ŞHT sammitida Eronning taşkilotga a’zo böliş majburiyati töğrisidagi memorandum imzolangan edi.

Bundan taşqari, ŞHT davlatlari rahbarlari Belarus majburiyatlari töğrisidagi memorandumni imzoladilar. Uşbu hujjat respublikaning ŞHT a’zosi böliş jarayonini boşlab beradi. Belarus sammitga kuzatuvçi sifatida taklif qilingan edi.

«Kelgusi davr uçun ŞHT raisligi Qozoğiston Respublikasiga ötadi. ŞHT davlat rahbarlari kengaşining navbatdagi majlisi 2024 yilda Qozoğistonda bölib ötadi», deyiladi Nyu-Dehli qöşma deklaratsiyasida.

ŞHT 2001 yil 15 iyunda Şanxayda taşkil topgan. Dastlab taşkilot tarkibiga oltita davlat – Rossiya, Qozoğiston, Qirğiziston, Xitoy, Tojikiston va Özbekiston kirgan edi. 2017 yilda Hindiston va Pokiston ularga qöşildi.