Namoyişçilar politsiyaning harakatlarida irqiy, diniy kamsitiş borligi, bu iş rasizm ekanini aytişmoqda.

Namoyişlar şu qadar ehtirosli tus oldiki, ötgan bir hafta içida jami 150 dan ortiq meriyaga, ya’ni hokimiyat binolariga hujum qilindi. Ularning ayrimlari yoqib yuborildi. Jami ön mingdan ortiq odam jarohatlandi. 700 dan ortiq politsiya va jandarmeriya xodimlari tan jaroxatlari oldi. Ikki mingdan ortiq namoyişçi qölga olindi.

Şu paytga qadar yoqib yuborilgan xususiy va jamoat transportlari, xususiy va davlatga tegişli uy-joylarning soni aniq emas. Umumiy yetkazilgan zararning miqdori bir neça ön milliard yevro bölişi aytilmoqda – hozirça aniq raqamlar yöq.

AQŞ Davlat departamenti amerikaliklarni Fransiyaga bormaslikka çaqirdi. Fransiyada bölib turgan amerikaliklarga esa mehmonxonalardan çiqmaslik tavsiya qilindi. Fransiyada bölib turgan turistlar ham şokda.

Fransiyadagi voqealarni tahlil qilayotgan Yevropa jurnalistlari va siyosatçilari, Fransiyani “Yevropaning kasal odami” deb nomlaşmoqda. Odatda, bu ibora, eng ziddiyatli va inqirozlar domidan çiqmaydigan davlatlarga nisbatan işlatiladi.

Fransiya prezidenti Makron Yevropa Ittifoqi sammitidan barvaqt çiqib, Parijga qaytişga majbur böldi. Şu kunlarda Makronning Germaniyaga davlat taşrifi belgilangan edi, u ham bekor qilindi.

Bu namoyişlar, yil boşidan beri – ikkinçi yirik namoyişlar hisoblanadi. Mart oyida Makron Fransiyadagi pensiya yoşini 62 dan 64 ga kötargan va öşa qaror oldidan ham millionlab fransuzlar ommaviy namoyişlarga çiqişgan edi. Öşa mart namoyişlari sabab, Parijga kelişi kutilayotgan Angliya qiroli Çarlz III'ning taşrifi ham bekor qilingan edi. Mana endi, Makronning özi Berlinga bora olmadi.

17 yoşli Naelning öldirilişi, Fransiya-Jazoir munosabatlarini ham biroz murakkablaştirdi. Asli Fransiyada tuğilib ösgan Nael Fransiya fuqarosi edi. Şunday bölsa-da, Jazoir Fransiyadagi asli jazoirliklarni himoya qilişga çaqirgan.

Fransiyada vaziyat ança murakkab. Bir tomondan, bu davlatda demokratik-huquqiy institutlar muttasil işlaydi. Sud hokimiyati mustaqil. Köriladigan işlarda ksenofobik motivlar orqali hukm çiqariş xolatlari juda kam uçraydi. Lekin, ayni paytda, fransuz jamiyatida ksenofobiya va islomofobiya kayfiyatlari borgan sari kuçayib bormoqda. Bunday deyiş uçun, saylov natijalarini kuzatiş yetarli. Yildan yilga aşaddiy önglar – ksenofobiya va islomofobiya platformasida bölgan siyosiy kuçlar, partiyalar köp ovoz olib, Fransiyadagi ikkinçi, uçinçi, törtinçi partiyalarga aylanib borişmoqda.