Xitoy raisi Strategik koordinatsiya va şeriklikni kuçaytiriş, raqobat qiliş örniga, hamkorlik qiliş lozimligini ta’kidladi.

1. Buning uçun mintaqa manfaatlariga asoslangan taşqi siyosat işlab çiqilişi. Taşqaridan yangi sovuq uruş olovini yoqişga urinişlar, mintaqada bloklararo qarama-qarşilik keltirib çiqarişga huşyor böliş, taşqi aralaşuv va rangli inqiloblar taşkillaştirişga keskin qarşilik körsatiş kerak.

2. Mintaqada tinçlikni ta’minlaş. Xitoy global xavfsizlik ğoyasini ilgari surişga, xalqaro muammolarni siyosiy tomondan tartibga solişda yordam qölini çözişga tayyor. ŞHTning xavfsizlik sohasidagi şeriklik rolini kuçaytiriş muhim.

3. Iqtisodiyotni jonlaştiriş sur’atlarini oşiriş. Bir tomonlama sanksiyalar, sun’iy tösiqlar qöyişga uriniş, aloqalar va yetkazib beriş zanjirlarini uzişga qarşi turiş. «Bir belboğ — bir yöl» taşabbusini milliy strategiyalar bilan boğlaş. Milliy valutalar bilan özaro hisob-kitob qiliş uluşini köpaytiriş.

4. Xalqlarning almaşinuvini faollaştiriş. Xitoy global sivilizatsiya ğoyasi tarafdori. Ta’lim, fan, soğliqni saqlaş, sport va OAV sohasida hamkorlikni kuçaytiriş. Xitoy yozgi lagerda hordiq çiqariş böyiça 1000 ta, xitoy tilini örgatiş böyiça 1000 ta kvota ajratadi. 100 nafar yoş olimlar Xitoy taklifiga köra, almaşinuv dasturi böyiça XXR ilmiy-tadqiqot sohasiga jalb qilinişi mumkin.

5. Xitoy xalqaro huquqqa asoslangan BMTning markazlaşgan tizimini himoya qiliş kerak, deb hisoblaydi. Kuç orqali siyosat yurgizişga qarşi turiş kerak. Tinçlikni va tinçlikka asoslangan tartib-intizomni ta’minlaş kerak.

  • Avvalroq Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Hindiston boş vaziri Narendra Modining taklifiga binoan, 4 iyul kuni Şanhay hamkorlik taşkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining videoanjuman şaklida ötadigan navbatdagi majlisida iştirok etişi xabar qilingan edi.