Futbolda Saudiya pullari. Loyiha qayergaça boradi?
|16:43 / 05.07.202331 95313 min
Foto: «ÇeMPIONAT»Foto: «ÇeMPIONAT»
Kriştianu Ronaldu, Karim Benzema, Ngolo Kante… Yöq, bu yaqin yillardagi «Oltin töp» nomzodlari röyxati emas, Saudiya Arabistoni çempionatida töp suradigan futbolçilar. Ortidan Firmino, Kulibali, Neveş, Mendi, Brozoviç kabi jiddiy nomlar bor. Obameyang, De Xea, Ikardi, Dias, Ziyoş, Verratti va hatto Neymar va Bernardu Silva bilan muzokaralar davom etyapti. Bu hali iyul oyi boşlanişi ekani inobatga olinsa, arablar hali töxtaş niyatida emas. Xabarlarga köra, yangi yulduzlarni jalb qiliş uçun mamlakatda yana 1 milliard dollar bor.
Yanvar oyidan «An Nasr»da öynaşni boşlagan Kriştianu Ronaldu liga yaqin yillarda dunyoning kuçli beşligidan joy olişini aytganida, bu gap haqiqatdan ança yiroq tuyulgandi, hozir esa, bu haqida jiddiy öylab köriş mumkindek. Twenty First Group analitik guruhi hisob-kitoblariga köra, liganing bugungi egallab turgan örni – 58, nisbatan Şotlandiya premer ligasi hamda Italiya S seriyasiga yaqin turgan bölsa-da, aynan legionerlar saviyasi böyiça allaqaçon kuçli yigirmatalikka kirib böldi, sarf qilinayotgan pul e’tibori bilan esa, Ronalduning taxminlariga ança yaqin turibmiz.
Bu çeksiz pullar va katta oqim bizga yorqin kelajakdan köra, 2015-17 yillardagi Xitoy Superligasini eslatib yubormayaptimi? Yevropadan taşqaridagi har qanday loyiha oqibatda xuddi öşa natijaga olib kelişini taxmin qiliş oson, ammo bu safar hammasi boşqaça bölişi mumkin. Eng kamida, öşa Xitoy tajribasi bilan ham muhim farqlar hozirdan mavjud.
Eslasangiz, Xitoydagi Superliganing taşkil qilinişi asosan futbol loyihasi edi. Hukumat futbolga katta pullarni jalb qilib, kuçli liga orqali Xitoy milliy jamoasini kuçaytiriş, futbol dunyosidagi asosiy kuçlardan biriga aylaniş maqsad qilingandi. Tabiiyki, futbol nuqtayi nazaridan, bunday keskin harakatlar natija berişi muşkul. Oddiy misol, asosan futbol faoliyatining sönggi yillarida bölgan va katta pul ilinjida kelgan futbolçilar mahalliy futbolçilarga rejadagidek namuna bölişi dargumon edi. Asosiy yönaliş milliy futbol va futbolçilarning ösişiga qaratilgani uçun avval legionerlarga bölgan çeklovlar oşişi, keyin, xorijlik yulduzlarga sarflanadigan pullardagi çegaralar, eng oxirida esa, pandemiya muammolari barçasiga barham berdi.
Şu örinda saudiyaliklarning loyihasi milliy futbol yoki milliy jamoaga emas, bevosita ligani rivojlantirişga qaratilgani muhim ahamiyat kasb etadi. Bu farq loyihaning eng boşidan oxirigaça ayni strategiyani qöllaşga şaroit yaratadi, reja va qarorlardagi uzviylikni ta’minlab beradi. Masalan, avvaliga futbol yulduzlari uçun katta pullar sarflab, keyinçalik çeklovlar joriy qiliş yoki oraliq natijalar sababli yönalişni özgartiriş Saudiyaning loyihasida körmasak kerak.
Yana bir jihat – Kriştianu Ronalduning kelişining özi liganing qöşimça yana 125 davlat bilan translatsiya şartnomalariga ega bölişiga sabab böldi. Tan oliş kerak, Xitoy Superligasiga Ronaldu yoki Benzema maqomidagi futbolçilar bormagan edi.
Mavzuga oid
Foto: KHALID ALHAJ/GETTY IMAGES
Asosiysi, Saudiya Arabistonidagi loyiha Xitoydagi kabi faqat futbolni rivojlantiriş bilangina boğliq emas, umuman, mamlakatning Vision-2030 megaloyihasining bir qismi ekanini ham inobatga oliş lozim. 2017 yil boşlarida ba’zi nuqtalar tahrirlangan holda tasdiqdan ötgan uşbu loyihaning taşabbuskori şahzoda Muhammad ibn Salmon şu orqali uç asosiy maqsadni közlagan:
Saudiya Arabistoni iqtisodiyotini diversifikatsiya qiliş, ya’ni neftga qaramlikka barham berib, boşqa daromadlarni olti barobar, xorijiy investitsiyalarni esa, ikki barobarga oşiriş.
madaniy an’analar bilan uyğun holda jamiyatni modernizatsiya qiliş.
qirollik obro‘-e’tibori va ta’sirini nafaqat Yaqin Şarq, balki jahon arenasida oşiriş.
Şahzoda Saudiya Arabistoniga butun arab va islom dunyosi markazi maqomini olib berişni maqsad qilgan. Şuningdek, geografik joylaşuvdan foydalanib, xududni katta investitsion markaz, xususan Osiyo, Yevropa va Afrikani boğlovçi köprikka aylantiriş rejasi mavjud. Umuman, BAA (Dubay) tajribasi, aynan futbol nuqtayi nazaridan olganda, Qatarning yutuqlari saudiyaliklarga optimizm ruhini berişi turgan gap. Zero, Saudiya Arabistoni aholi soni böyiça Qatardan 15 barobar kattaroq ekani, futbolga bölgan munosabat, umuman, Osiyodagi bu boradagi örni borasida ham ustunlikka egaligi qöşimça bonus.
«Bizning maqsad – kuçli, gurkirayotgan va barqaror Saudiya Arabistoni»,– degandi yetti yil oldin ibn Salmon – «qomus sifatida Islom, uslub sifatida toqatlilikni tanladik. Saudiya Arabistoni muvaffaqiyati zamirida toqatlilik, komillik, tartib, adolat va şaffoflik yotadi».
Saudiyaliklarning öz jamiyati uçun ança radikal bölgan bu yeçimlarga murojaat qilişga undagan sabablar oddiy: 2010-yillarda Yaqin Şarq va Şimoliy Afrikada sodir bölgan «arab bahori» voqealari. Iqtisodiy ösiş va ijtimoiy imkoniyatlar kengayişi tarafdori bölgan yoşlarning diniy va konservativ jamiyat çeklovlaridan zerikişi şunday oqibatlarga olib kelişi kuzatildi.
Ön yil oldin Saudiya Arabistoni butun dunyoga yopilgan, qat’iy çeklovlar ostida biqiq yaşagan, ayollar işlaşi, maşina boşqarişi mumkin emasdi, bunday qoidalar amal qilinişi esa diniy politsiya tomonidan qattiq nazorat ostiga olingandi. Odamlar turli jinoyatlar uçun qatl etilardi.
Vision-2030 böyiça maqsadlar turli 11 dastur yordamida amalga oşiriladi. Har bir dastur böyiça uçta beş yillik milliy loyihalar 2030 yilga ötiş uçun xizmat qiladi. Misol uçun, işsizlik 11,6 foizdan 7 foizga kamayişi, neft bilan boğliq bölmagan daromadlar 16 foizdan 50 foizgaça oşişi, ayollarning umumiy iş kuçidagi uluşi 22 foizdan 30 foizga çiqişi va hokazo. Aytiş mumkinki, bugungi kunga kelib ham köp körsatkiçlar böyiça belgilangan maqsadlarga erişib bölindi.
Islohotlar bosqiçma-bosqiç amalga oşirilmoqda, zero şahzoda inqilobiy yölni maqsad qilmagan – jamiyat sekinlik va yumşoq yöl bilan tayyorlanib borişi kerakligini yaxşi tuşunadi. Mamlakat aholisining 65 foizidan köp qismi yoşlardan iborat bölsa-da, aholi hali ham ança konservativ ekani, tubdan özgarişlarga tayyor emasligi ham sir emas.
2018 yildan ayollar maşina haydaş, ta’lim oliş va işlaş huquqiga ega bölişdi – zamonaviy dunyo uçun bu odatiy hol bölsa-da, Saudiya uçun katta qadam edi. 2019 yildan mamlakat sayyohlar uçun oçildi: bir qator turizm loyihalari paydo böldi, viza rejimi soddalaştirildi. Endi restoranlarda yigit va qiz nafaqat bir xonada, balki bir stolda ham birga ötirişi mumkin va buning uçun ularning nikohi şart emas. Yoşlar xorij musiqasini tinglaşmoqda, Ar-Riyodda hatto texnofestivallar bölib ötmoqda. Albatta, Saudiya hali BAA darajasidagi liberalizmdan ança uzoq, ammo şu yönalişda dadil qadamlar taşlanmoqda. Masalan, 2018 yilda 30 yillik taqiqdan söng, kinoteatrlar iş boşladi, uç yil içida 45 dan ortiq kinozallar oçildi, «Mediaşahar» loyihasi ham rejalaştirilmoqda.
Tabiiyki, futbol katta strategiyaning eng muhim qismlaridan biri. Ronaldu esa bu yöldagi katta qadam böldi. Sport siyosiy maqsadlar va imijni yaxşilaş uçun ajoyib vosita ekanini podşohlikda juda yaxşi tuşunib turişibdi.
Sport asosan PIF (Davlat investitsion fondi) tomonidan moliyalaştirilmoqda va fond rahbari şahzodaning özi hisoblanadi. Sarflanişi kutilayotgan 7 trillion dollarning asosiy qismi ham şu fond hisobidan. PIF golf, «Formula-1» musobaqalariga investitsiya kiritdi, «Nyukasl»ni sotib oldi, 2022 yil sentabrida esa, Nintendo öyinlar kompaniyasi aksioneriga aylandi, şuningdek, Activision Blizzard, Electronic Ars, Take-Two Interactive, hamda Koei Tecmo kompaniyalarida uluşga ega.
Saudiya Arabistoni bir qator sport tadbirlariga mezbonlik qilib kelmoqda, 2023 yil oxirigaça oltita yirik musobaqa ötkaziladi, jumladan, dekabrda klublar örtasidagi jahon çempionati ham belgilangan. Bu hammasi emas, 2029 yilgi qişki Osiyo öyinlari qabul qilinadi – turnir Neomda qurilişi rejalaştirilgan, yilning barça faslida foydalaniş mumkin bölgan qişki sport kompleksida bölib ötişi möljallangan. Şuningdek, Ar-Riyod 2034 yilda yozgi Osiyo öyinlariga mezbonlik qiladi, bundan taşqari, saudlar JÇ-2030 mezbonligi uçun ham da’vogarlar safida.
Ilgari barça futbol klublari Sport vazirligi ixtiyorida bölib, davlatning moliyaviy kömagiga muxtoj edi. 2016 yildan boşlab podşohlik klublarni xususiylaştiriş va qöşimça investitsiyalar jalb qiliş dasturini işlab çiqdi. Jarayon 2020 yilda yakunlanişi közda tutilgandi, ammo pandemiya tufayli ortga surildi. 2023 yildan boşlab esa tezlaşiş kuzatilmoqda – tört klub, jumladan, «An Nasr» va «Al Hilol» töliq PIF nazoratiga ötdi. Saudiya Arabistoni uçun bu dadil qadam, zero yangi loyiha xususiy investitsiyalar yordamida umumiy sport sohasini yaratişga qaratilgan.
Reja asosan uç yönalişni qamrab oladi: jozibador investitsion muhitni yaratiş, klublar boşqaruvini yaxşilaş hamda infratuzilmani yaxşilaş evaziga raqobatbardoşlikni ta’minlaş. Saudiyaliklar köproq xorijiy investitsiyalarni jalb etişni maqsad qilişgan va buning uçun foydali tijoriy taklif kerakligi, ya’ni sanab ötilgan uç punkt böyiça iş olib boriş lozimligini yaxşi tuşunişadi.
«Ilgari klublarda davlat iştiroki katta bölgan va asosan qarzlarni söndirişga qaratilardi», – deydi SKEMA sport-bizness maktabi professori Saymon Çedvik – «endi esa, klublarni imkon qadar davlatdan mustaqil holda tijoriy va strategik taşkilotlarga aylantirişga urinişmoqda».
Bir qaraganda, hali köp işlar qoğozda, yaxşi işlaydigan loyiha sifatida körinmoqda, ammo liga öz holiça emas, katta masştabdagi strategiyaning bir qismi ekani umid beradi. Şu bilan birga, boşqarib bölmas omillar ham mavjudligiga e’tibor qaratiş kerak.
Töğri, loyiha aytaylik, Xitoy Superligasidan farq qiladi va şunday yakunlanişiga asoslar kam, lekin öta optimistlar mengzayotgan kriket böyiça Hindiston premer ligasiga yaqin kelişi ham imkonsiz. Uşbu musobaqa dunyoning eng zör kriketçilarini qisqa muddat uçun yiğib, öziga xos şou taşkil qilinadi. Futbolçilarning narxi qimmat ekani inobatga olinsa, bu kabi loyihani futbolda amalga oşiriş imkonsiz. Misol uçun, Messini (Modriç, Ramos, Buskets) juda katta pulga ham qölga kiritişning imkoni bölmadi, barça futbol yulduzlarini qöyavering.
Tan oliş kerak, har qança pul sarflanmasin, kuçli beşlik bilan yevrokuboklarsiz raqobat qiliş qiyin, baribir Saudiyaga özining sönggi şartnomasi uçun yoşi kattaroq yulduzlar, asosan pul uçun kelişda davom etaveradi. U yerda urilgan gollar, bahslar faqat yulduzlarning individual muxlislari uçun qiziq, «Al Hilol» çempion böladimi yoki «An Nasr», tarixiy kontekst yöq ekan, futbol olamida intriga yarata olişiga ham, faqat klublar örtasidagi jahon çempionati orqali ligalarni soliştiriş mumkinligiga ham işoniş qiyin. Buni misol uçun AQŞda taşkil etilgan MLS çempionatida ham köriş mumkin. Har qança yulduzlar öynamasin, köproq pul sarflanmasin, şou maqomidan kötariliş qiyin, aytaylik, Argentina çempionatidagi «Boka» – «River» bahsi aynan tarixiy kontekst tufayli futbolroq bölaveradi.
Ronalduning başoratiga kelsak, bizningça, Saudiya Arabistoni allaqaçon dunyoning muhim çempionatlaridan biriga aylanib böldi. Transfer bozoridagi Saudiya klublari tufayli «Çelsi» rejadan taşqaridagi futbolçilaridan oson qutulmoqda, Saudiya klublari tufayli, De Xea «Mançester Yunayted»ning har qanday şartiga rozi bölişga muhtoj emas, dunyoning eng kuçli klubi «Mançester Siti» muxlislari eng yaxşi futbolçilaridan biri Bernardu Silva arablar taklifini qabul qilib qöyişidan xavotirda, öz nomiga ega bölgan har qanday, ha, har qanday futbolçida muzokaralar uçun zaxira variant paydo böldi, qisqasi, allaqaçon Saudiya pullari Yevropa futboli muvozanatiga ta’sir körsatişni boşladi. Bu yana davom etadi ham.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi