Telegram-kanallarda yuviş uçun qoldirilgan Gentra moykaçi tomonidan olib qoçilgani, YPX xodimlari uni topişganda qoçib ketişga uringani, gumonlanuvçini uşlaş uçun jangovar quroldan öq uzilgani aks etgan video tarqaldi. Xabarga ilova qilingan suratda olib qoçilgan maşina boşqa bir Gentra’ga urilib töxtagani körinadi.

Toşkent şahar IIBBning ma’lum qilişiça, hodisa 3 iyul kuni röy bergan. Mirobod tumani Qöyliq-4 mavzesida joylaşgan avtomobil yuviş şoxobçasining 25 yaşar işçisi Muhammad Abdurahimov yuvib beriş uçun öziga işonib topşirilgan Gentra rusumli davlat raqam belgisi 01Y758BC bölgan avtomaşinani olib qoçadi.

Rasmiy xabarda keltirilişiça, transport vositasini olib qoçgan şaxsni uşlaş maqsadida Toşkent şahrida maxsus reja amalga oşirilgan. Gumonlanuvçi yöl harakati qoidalarini qöpol ravişda buzib, transport vositasini katta tezlikda boşqargan va svetoforning taqiqlovçi çiroğiga hamda yöl-patrul xizmati inspektorlarining töxtaş haqidagi qonuniy talablariga böysunmagan.

Soat 09:45 larda Maxtumquli köçasidagi çorrahada Toşkent şahar IIBB YHXB inspektorlari tomonidan yöl tösilib, olib qoçilgan transport vositasini töxtatiş çoralari körilgan. Biroq gumonlanuvçi YPX inspektorlarining qonuniy talablariga böysunmay, töxtaşdan boş tortgan hamda yölda qarama-qarşi harakatlangan. Natijada 3 ta avtomaşinaga qasddan texnik şikast yetkazgan. Ta’kidlanişiça, ta’qibdan qoçişga uringan “moykaçi” Gentra’ni töğri YPX xodimlarining ustiga haydagan.

“Körilgan tezkor çora-tadbirlar natijasida, avtomaşinani olib qoçgan şaxs Toşkent şahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan uşlangan. Jinoyat sodir etgan şaxsni uşlaş jarayonida boşqa oğirroq oqibatlarning oldini oliş maqsadida Özbekiston Respublikasining “Içki işlar organlari töğrisida”gi qonuni talablari asosida IIO xodimlari özlariga biriktirilgan öqotar qurolni qöllagan. Qurolni qöllaş jarayonida heç kimga şikast yetmagan, deyiladi bayonotda.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi (Transport vositasini olib qoçiş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçi protsessual tartibda uşlangan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilingan.