Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim toifadagi shaxslarga benzin uchun to‘lanadigan kompensatsiya miqdori oshirildi
Benzin uchun kompensatsiya miqdori 2023 yil II chorakdan boshlab 116 180 so‘mni tashkil qiladi.
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan «Avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun shaxslarning ayrim toifalariga oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ga o‘zgartirishlar kiritilib, hukumat huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining 2023 yil 3 iyuldagi qarori bilan ushbu turdagi kompensatsiyaning yangi miqdori belgilandi.
Unga ko‘ra, benzin uchun kompensatsiya miqdori 2023 yil II chorakdan boshlab 116 180 so‘mni tashkil qiladi (55 foizga oshdi).
Shu paytga qadar mazkur to‘lov miqdori 75 000 so‘mni tashkil etar edi.
Kompensatsiya olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar yashash joyi bo‘yicha pensiya va nafaqalar tayinlanadigan organlarga murojaat qiladi.
Mavzuga oid
22:18 / 05.07.2026
Iyunda sabzavotlar narxi tushdi, energiya va benzin qimmatlashdi - Statqo‘m
08:55 / 03.07.2026
Rossiya ichki bozorni ta’minlash uchun “Yevro-3” benziniga ruxsat berdi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
10:16 / 02.07.2026