Kuni keça “Özbekgidroenergo” AJ Boşqaruvi raisi Abduğani Sanginov hamda XXRning “China Southern Power Grid International (HK) Co., Ltd” kompaniyasi Boşqaruvi raisi Çjan Tanji tomonidan Yuqori Pskem GAES, Qarateren GAES, Yuqori Pskem GES loyihalari böyiça özaro anglaşuv Memorandumi imzolandi.
Ma’lumot uçun: Xitoyning “China Southern Power Grid International (HK) Co., Ltd” kompaniyasi GAES quriş böyiça yuqori tajribaga ega hamda Xalqaro Fortune Global-500 reytingida 89-örinda turadi.
Mazkur kompaniya yuqori darajadagi tajribaga ega hisoblanib, bir qator yirik gidro elektr stansiyalar barpo etgan, şu jumladan “Uç dara” (quvvati 22,5 GVt, örtaça yillik işlab çiqarişi 105 mlrd kVtꞏsoat elektr energiyasi) GES qurilişida iştirok etgan.

Mazkur memorandumga asosan, Özbekiston gidroenergetika sohasida davlat-xususiy şeriklik tamoyili asosida, xorijiy investitsiyalar hisobiga yuqori energetik salohiyatga ega, umumiy qiymati 1 mlrd 640 mln AQŞ dollariga teng bölgan umumiy quvvati 820 MVt bölgan 3 ta loyiha: Yuqori Pskem GAES (quvvati 200 MVt), Qarateren GAES (500 MVt) hamda Yuqori Pskem GES (120 MVt) – gidroinşootlari quriladi.
Memorandum doirasida dastlab özbek-xitoy kompaniyalari tomonidan qöşma işçi guruhi tarkibini şakllantiriş borasida kelişib olindi.

Joriy yilda tomonlar örtasida tuzilgan qöşma işçi guruhi tomonidan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari işlab çiqilişi nazarda tutilmoqda. Bu jarayonga xalqaro toifadagi ekspert-mutaxassislarni ham jalb etilişi közda tutilgan.
Mazkur loyihalar töliq quvvatda 2030 yilga qadar işga tuşirilişi belgilangan.
GAESlarning işga tuşirilişi va yillik örtaça 3 mlrd kVtꞏsoat elektr energiyasi işlab çiqarilişi natijasida 835 mln 655 ming m3 örtaça yillik tabiiy gaz tejaladi. Şuningdek, atmosferaga çiquvçi zararli is gazi miqdori kamayişiga erişiladi.














