EastFruit tahliliy platforma ma’lumotiga tayanib aytilişiça, Özbekiston 2023 yilda örikning rekord hosilini yiğib olişi mumkin. Bu esa, öz navbatida, örik eksporti hajmining ösişiga va mamlakatning uşbu körsatkiç böyiça jahon yetakçilari safiga qaytişiga yordam beradi.

Ta’kidlanişiça, hozirgi kunda mamlakatda örik narxi tarixan past darajada. Bundan past körsatkiç koronavirus pandemiyasi tufayli eksport vaqtinça töxtatilgan 2020 yilda qayd etilgan.

EastFruit mutaxassislari fikriga köra, mavsumning dastlabki ikki oyida Özbekiston örik eksporti böyiça rekordni takrorlaşga muvaffaq böldi va 40 ming tonnaga yaqin mahsulotni taşqi bozorlarga sotdi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 5,4 baravarga köpdir.

Şuningdek, Özbekiston mavsum davomida kamida 65-70 ming tonna örikni taşqi bozorlarga sotişi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Ma’lum şaroitlarda eksport hajmi hatto 75 ming tonnadan oşişi ham mumkin.

Özbekiston mavsum yakuni böyiça jahon bozorida yangi örik eksporti reytingida ikkinçi örinni egallaşi, avvalambor, 2023 yilda Italiya va Ispaniyada örik hosili kutilganidan ança kamligi va sönggi yillardagi örtaça körsatkiçdan past ekani bilan boğliq.

Özbekistonda örik möl hosilligini inobatga olgan holda, EastFruit mutaxassislari mamlakat quritilgan örik mevalari işlab çiqarişni köpaytirişi va mavsum davomida uşbu bozorga ham bosim ötkazişini taxmin qilmoqda.